Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 29–31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovining tantanali ochilish marosimi boshlandi.
Mazkur forum kutubxona-axborot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Shuningdek, ochilish marosimi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda “Tillar App” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum kutubxona xizmatlarini raqamlashtirish, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanish hamda kitobxonlar va yosh mutaxassislar uchun innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Telegramdagi rasmiy sahifasi
