YUNESKOning 1995 yil 15 noyabrdagi 28-sessiyasi qaroriga asosan ushbu kun 1996 yildan buyon dunyo miqyosida, jumladan O'zbekistonda ham keng nishonlab kelinmoqda. Bugun mazkur xalqaro sana ta'sis etilganiga roppa-rosa 25 yil to'ldi.
O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist G'ulom Mirzoning "Yangi O'zbekiston" gazetasining 23 aprel sonida e'lon qilingan maqolasi ayni shu mavzuga bag'ishlangan. Maqola "Hayot yo'llarida do'stu tayanchimiz" deb nomlanadi.
Muallif avvalo Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 16 martda qabul qilingan "Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga to'xtalgan. Mamlakatimizda matbaa va noshirlik sohasini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, bosma mahsulotlar bozorini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli ishlar aniq dalillar misolida talqin qilingan.
Maqolada, shuningdek, bu yilgi Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni bayrami Covid-19 pandemiyasi dunyo bo'ylab keng tarqalayotgan qaltis davrga to'g'ri kelgani haqida fikr yuritiladi. O'zbekiston Prezidentining qat'iy pozitsiyasi, xalqparvar siyosati, qabul qilayotgan oqilona farmon va qarorlari pandemiyani jilovlash va uning salbiy ta'sirini yumshatishga kuchli zamin yaratmoqda.
Yoshlarning ta'limdan uzilib qolmasliklari, farzandlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan barcha chora-tadbirlar ko'rilayapti. Karantin davrida ko'chaga chiqmasdan uyda qolish, bo'sh o'tirmaslik, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishda davom etish, ilmiy va badiiy asarlarni mutolaa qilish yoshlarning asosiy kundalik ishi bo'lishi kerak. Nega deganda, bu damlar mutolaa uchun qulay fursatdir.
"Kitob mutolaasi vaqtida barcha qiyinchiliklarni unutadi kishi. Eng asosiysi, kitob kishiga ma'naviyat, ziyo ulashadi", deb yozadi maqola muallifi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 23.04.2020
- Ko'rishlar: 4837
- Chop etish