2019-yil 3-4 dekabr kunlari BMTning Irqiy kamsitishni bartaraf etish bo'yicha qo'mita tomonidan O'zbekiston Respublikasining Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi xalqaro konventsiya qoidalarini amalga oshirish bo'yicha O'ninchi va o'n ikkinchi davriy hisobotlari ko'rib chiqildi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida hisobot ko'rib chiqilib, Qo'mita tomonidan yakuniy muloxazalar va tavsiyalar qabul qilindi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT qo'mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakat rejasi loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu loyixa hozirgi kunda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida muhokama qilinmoqda.
Inson huqulari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy Markazi
- Qo'shildi: 21.03.2020
- Ko'rishlar: 4499
- Chop etish