25-noyabr kuni Minskda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligining Inson huquqlari böyiça komissiyasi (MDH IHK) yettinçi majlisi bölib ötdi. Unda MDH Inson huquqlari böyiça komissiyasi a’zosi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinçi örinbosari Mirzatillo Tillaboyev iştirok etdi.
Majlis Belarusning MDH IHKdagi vakili, Belarus Respublikasi Boş prokuraturasining Jinoyat-sud nazorati boş boşqarmasi boşliği Yevgeniya Paramonova raisligida ötdi.
Komissiya işida gibrid şaklda Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Özbekiston, şuningdek, MDH Ijroiya qömitasi hamda tarkibiy bölinmalari vakillari qatnaşdi.
Majlis davomida, jumladan, MDH IHKga a’zo davlatlarda nogironligi bölgan şaxslar huquqlariga rioya etilişi yuzasidan mamlakatlar şarhlari böyiça ma’ruzalar tinglandi. Uşbu ma’ruzalar MDHda Soğliqni saqlaş yilini amalga oşiriş hamda BMT Boş Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrda Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilinganining 20-yilligiga ham bağişlandi.
Milliy markaz direktorining birinçi örinbosari M.Tillaboyev nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini ta’minlaş va himoya qiliş sohasidagi Özbekiston tajribasi haqida ma’lumot berdi. Jumladan, bu boradagi huquqlarning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangani, “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi qonunning hayotga tatbiq etilişi hamda BMTning Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyasi implementatsiya qilinganini ta’kidladi.
Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiya qabul qilinganining 20-yilligiga bağişlangan Çora-tadbirlar rejasining amalga oşirilişi, şuningdek, Inson huquqlari böyiça Beşinçi Samarqand forumi doirasida “Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyaga 20-yil: huquqlarni e’tirof etişdan inklyuziv jamiyatlarga” maxsus sessiyasining ötkazilişi haqidagi ma’lumotlar iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Yiğiliş davomida soğliqni saqlaş huquqini himoya qiliş (MDHda Soğliqni saqlaş yili doirasida) hamda jazoni ijro etiş tizimida xotin-qizlar huquqlari bilan boğliq masalalar ham muhokama qilindi. “Salomatlik huquqi” ijodiy tanlovi yakunlari sarhisob etildi.
Bundan taşqari, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlari sohasida hamkorlikni mustahkamlaş, keksa yoşdagi insonlar huquqlarini himoya qiliş va ilgari suriş mavzulari körib çiqildi.
MDH Boş kotibining birinçi örinbosari Igor Petrişenko öz nutqida ta’kidlaganidek, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida 35-yil davomida davlatlararo muloqotning asosiga aylangan köp tomonlama bitimlar tizimi yaratildi, keng kölamli masalalar böyiça davlatlarning özaro hamkorlik qilişining samarali mexanizmlari rivojlantirildi. Bu işlarda huquqiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik, jumladan, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qiliş muhim örin tutadi.
Ta’kidlanganidek, 2026-yilda, ya’ni Belarus Respublikasi raisligi davrida Komissiyaning diqqat markazida muhim ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş masalalari turdi. Ular qatoriga Barqaror rivojlaniş maqsadlariga yönaltirilgan "MDHda salomatlik va inson huquqlari haftaligi" aksiyasi hamda yuzlab ijodiy işlarni jamlagan "Salomatlik huquqi" tanlovini kiritiş mumkin.
Majlis davomida 2027-yil MDHda "Huquqiy ma’rifat yili" deb e’lon qilinganini inobatga olgan holda, Komissiyaning kelgusi yilga möljallangan iş rejasi tasdiqlandi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
