Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş hamişa dolzarb masala

Özbekistonning bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş borasidagi tajribasi xalqaro miqyosda keng eʼtirof etilmoqda.

Filippin poytaxti Manila şahrida Bolalarga nisbatan zöravonlikka barham beriş böyiça Ikkinçi global vazirlar konferensiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston delegatsiyasi, jumladan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining örinbosari Sirojiddin Abdullayev iştirok etdi.

Konferensiyada bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş, oilalarni qöllab-quvvatlaş va jabrlangan bolalarga kompleks yordam körsatiş masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida 94 ta davlat tomonidan 283 ta majburiyat taqdim etildi.

“Zöravonliksiz kelajakni moliyalaştiriş” mavzusidagi yalpi muhokamada Özbekistonning bolalar farovonligi va huquqlarini himoya qiliş borasidagi tajribasi taqdim etildi. Xususan, Samarqandda ötkazilgan Butunjahon sammiti, Samarqand deklaratsiyasi, 208 ta “Inson” markazi hamda ijtimoiy xodimlar faoliyati haqida söz yuritildi.

Xalqaro hamkorlar mamlakatimizda bolalarni himoya qilişga qaratilgan qonunçilik va institutsional islohotlarni, şuningdek, 2026-2030-yillarga möljallangan milliy strategiya qabul qilinganini ijobiy baholadi, deyiladi Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumotida.

BMT Boş kotibining maxsus vakili Najat Maalla Mʼjid Özbekiston tajribasini boşqa davlatlarga ham taqdim etiş muhimligini taʼkidladi. Tojikiston Boş vaziri örinbosari Dilrabo Mansuri esa “Barnahus” modelini joriy etiş tajribamizga qiziqiş bildirdi.

A.RUSTAMOV,

ÖzA

Nashr sanasi 25.11.2026 Ko'rishlar 88
Ulashish