Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

SUN’IY INTELLEKT –  INSON TAFAKKURI BEQIYOSLIGINING IFODASI

Bugun sun’iy intellektni bilmaydigan odam kam. Ammo uning tarixini, ya’ni qaçon paydo bölganini hamma ham bilmasa kerak.

2021-yildan buyon «A.I. Heart LLC» taşkiloti va marketolog Jeyson Kirton taşabbusi bilan 16-iyul Sun’iy intellekt e’tirof etilgan kun sifatida bayram qilinadigan böldi. Uşbu sanani har yili dunyo böylab nişonlaşdan maqsad – sun’iy intellekt texnologiyasining tarixi va yutuqlarini e’tirof etiş, insoniyat rivojiga qöşayotgan ijobiy hissasini qadrlaş, sun’iy intellekt etikasi va kelajagi haqida fikr yuritiş, uni tartibga soliş böyiça global muloqot maydoni yaratişdan iborat.

Sun’iy intellekt tarixiga nazar solinsa, u bir neça ön yillardan buyon rivojlanib kelayotgan ilmiy-texnologik soha ekani ayon böladi. 1956-yil yozida Germaniyaning Dortmund şahrida taşkil etilgan konferensiyada olimlar tomonidan ilk bor “sun’iy intellekt” atamasi muomalaga kiritilgan va alohida ilm-fan sohasi sifatida tan olingan. Binobarin, 16-iyul sanasi ana şu tarixiy buriliş davriga işoradir.

Keyingi  yillarda sun’iy intellekt bilan boğliq texnologiyalar şiddatli rivojlanib, tobora murakkablaşib va eng muşkul masalalarga ham qulay va oson yeçim topadigan darajada mukammallaşib bormoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt sanoat, yuk taşiş, moliya, ta’lim, soğliqni saqlaş kabi turli sohalarda keng qöllanilmoqda.

Sönggi bir neça yil içida sun’iy intellekt imkoniyatlari aql bovar qilmas tezlikda rivojlandi va uşbu sohadagi taraqqiyotning navbatdagi tölqini yaqinlaşib kelmoqda. Sun’iy intellekt agentlari turli sörovlarga javob beriş bilan birga, nihoyatda köp qirrali vazifalarni rejalaştirmoqda, yangi raqamli vositalardan mustaqil foydalanmoqda, dasturiy ta’minot yozmoqda va murakkab topşiriqlarni deyarli inson nazoratisiz bajarmoqda.

Sun’iy intellekt jurnalistika va ommaviy axborot vositalari sohasi uçun ham katta imkoniyatlar oçmoqda. Demokratik matbuotning asosiy şarti va talabi xolislik, haqqoniylik, milliy manfaatlarga sodiqlikdir. Şu jihatdan, axborotni  erkin  oliş  huquqi ham qonuniy, ham insoniy jihatdan dolzarb  masala. 

Ammo  uşbu  jarayonda yana bir muhim jihat  – axborot oliş  va  tarqatişdagi  zarur  şaroitlarni  yaratib  beriş  talabi borligini unutmasligimiz kerak. Bu örinda  raqamli  boşqaruv  va  sun’iy intellekt imkoniyatlaridan, jumladan, turli ovozli robotlar, yozma çatlarda javob  beradigan  hozirjavob  maşinalar  va  boşqa  innovatsion  texnologiyalardan keng foydalaniş masalasi közda  tutilmoqda.

Bunday texnologiyalar axborotning  qoğozdan  audioga,  audiodan videoga  aylanib  yurişi  singari  raqamli jarayonlarni ta’minlab beradi, ya’ni iste’molçi  axborotni istalgan şaklda  oliş imkoniyatiga  ega  böladi. Bularning barçasi, öz navbatida, imkoniyati çeklangan insonlarning ham töliq axborot olişiga yöl oçadi.

Ammo, taassufki, ommabop sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanayotgani yolğon va nafrat ruhidagi axborot tarqatişni ham osonlaştirmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarining yangi avlodi dunyoga keldi. Ayniqsa, “dipfeyk”, ya’ni neyrotarmoqlar yordamida tayyorlanadigan va asliyatdan deyarli farq qilmaydigan foto, audio va videomateriallar yaratişga hamda ovozni klonlaştirişga qodir öta zamonaviy texnologiya vositalari özining takomillaşgan çöqqisiga çiqdi.

Sun’iy intellekt qanday olamşumul darajada rivojlanayotgan bölsa, uni tartibga solişga qaratilgan harakatlar ham şunday kölamda ortmoqda. BMTning Sun’iy intellekt böyiça maslahatlaşuv organi aynan şu masalalar bilan şuğullanadi.

BMT ekspertlari fikriça, sun’iy intellekt davlat institutlarining bu jarayonga munosabat bildirişiga nisbatan tezroq rivojlanmoqda. Atigi bir neça yil avval sun’iy intellekt faqat foydalanuvçilarning savollariga javob berar yoki matn yarata olar edi. Bugun u ulkan hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qiliş, haqiqiyga öxşaş tasvirlar va videokontent yaratiş, olimlarga yangi dori-darmonlarni işlab çiqişda yordam beriş imkoniyatiga ega.

Agar oqilona foydalanilsa, sun’iy intellekt soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarini takomillaştiriş, ilmiy tadqiqotlarni jadallaştiriş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş, imkoniyati çeklangan insonlar hayotini yengillaştiriş orqali BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişni tezlaştirişga kuçli turtki beradi. Ammo nazoratsiz qoldirilsa, sun’iy intellekt texnologiya sohasidagi tengsizlikni kuçaytirişi, dezinformatsiya tarqatişi, inson huquqlariga tahdid solişi va mehnat bozorlarini izdan çiqarişi mumkin.

Sun’iy intellektdan butun dunyoda foydalanilayotgan bölsa-da, bu boradagi ulkan imkoniyatlar asosan rivojlangan mamlakatlarda jamlangan. Sun’iy intellektga asoslangan yetakçi superkompyuterlar global hisoblaş quvvatining qariyb törtdan uç qismi AQŞ hissasiga töğri keladi, taxminan 15 foizi esa Xitoyga tegişli. Şu tariqa Yer yuzidagi sun’iy intellekt quvvatining salkam 90 foizi ikki davlat qölida töplangan. Eng ilğor sun’iy intellekt modellarining aksariyati ham AQŞ va XXR kompaniyalari tomonidan işlab çiqilmoqda.

Ayni paytda, rivojlanayotgan köplab mamlakatlarda sun’iy intellektdan tölaqonli foydalaniş uçun zarur hisoblaş infratuzilmasi, texnik salohiyat va ma’lumotlar, şuningdek, investitsiyalar hamda mahalliy tillardagi resurslar yetişmaydi.

Xalqaro olimlar guruhi ogohlantirişiça, agar bu böşliqlar töldirilmasa va tegişli nazorat ta’minlanmasa, sun’iy intellekt mavjud global tengsizlikni kamaytiriş örniga, uni yanada kuçaytirib yuborişi ehtimoldan xoli emas.

Yana bir muhim dalil: YUNISEFning önta mamlakat ma’lumotlariga asoslangan tahliliga köra, kamida 20 million bola allaqaçon sun’iy intellektdan foydalanmoqda. Bolalarning uşbu texnologiyani özlaştiriş sur’ati kattalarnikidan uç baravardan köproq. Bu “global tajriba”ning natijalari qanday bölişini başorat qiliş hozirça qiyin.

“Sun’iy intellektni nima uçun tartibga soliş kerak?”, degan savol tuğilişi tabiiy. Mutaxassislarning fikriga köra:

Hozirgi texnik boşqaruv tizimlari bunçalik tez rivojlanayotgan texnologiyalar uçun möljallanmagan. Hukumatlar köpinça “dalillar dilemmasi” deb ataladigan muammoga duç kelmoqda: siyosatçilarga nazorat çoralarini joriy etiş uçun işonçli ilmiy ma’lumotlar kerak, biroq bu ma’lumotlar olinguniga qadar texnologiyalar yanada oldinga siljiydi.

Dunyoning turli burçaklarida sun’iy intellektni boşqariş böyiça 40 dan ortiq çeklov va axloqiy tavsiyalar mavjud. Şunday bölsa-da, bu çeklov çoralari tarqoq va nomutanosibligiça qolmoqda, ularning samaradorligi kamdan kam hollarda tekşiriladi.

Sun’iy intellekt tizimlarining xavfsizligi, şaffofligi va hisobdorligini ta’minlaş uçun malakali mustaqil ekspertiza, xalqaro hamkorlik hamda umumiy standartlarni joriy etiş zarur. Bundan taşqari, mamlakatlardan raqamli infratuzilma, ta’lim va texnik bazaga katta sarmoya kiritiş talab etiladi.

Insoniyatga sun’iy intellektning köp foydasi tegişi ayon, lekin maşinalarning insonlarga va bir-biriga keng kölamda zarar yetkazişga qodirligidan ham köz yumib bölmaydi. Terrorizm, jinoyatçilik, kiberhujumlar – mabodo sun’iy intellektdan ana şu yovuz maqsadlar yölida foydalanilsa, Xudo körsatmasin, bu global xavfsizlik uçun öta jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Sun’iy intellektning muhimligi şundaki, u insoniyatning eng inqilobiy texnologiyalaridan biriga aylaniş salohiyatiga ega. U ezgulikka ham, yomonlikka ham xizmat qilişi mumkin. Ixtiroçilarning özlari ham insoniyat sun’iy intellekt bilan boğliq yanada yirik, halokatli va kutilmagan tahdidlarga duçor böliş ehtimoli haqida bong urmoqda.

Bu haqda fikr yuritganda, BMT Boş Assambleyasi 2024-yil 21-martda  "Barqaror rivojlaniş uçun xavfsiz, himoyalangan va işonçli sun’iy intellekt tizimlarining imkoniyatlaridan foydalaniş", deb nomlangan rezolyutsiya qabul qilganini ta’kidlaş lozim. Bu – BMTning sun’iy intellekt böyiça birinçi rezolyutsiyasi bölib, 13 banddan iborat va unda, jumladan:

mamlakatlar örtasida va har bir mamlakatning özida sun’iy intellekt va boşqa raqamli texnologiyalar sohasidagi tafovutlarni bartaraf etiş;

barça manfaatdor tomonlarning ayni yönalişda özaro hamkorlik qilişi va rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berişi;

raqamli transformatsiya va sun’iy intellektning xavfsiz tizimlari qulayliklaridan teng hamda adolatli foydalanişni ta’minlaş;

sun’iy intellekt tizimlarining yangidan yangi imkoniyatlarini kaşf etiş va amaliyotga tatbiq qiliş, bu jarayonda har qanday tarafkaşlik va kamsitiş holatlarini bartaraf etiş zarurligi qayd etilgan.

BMT Boş Assambleyasining sun’iy intellekt böyiça dastlabki rezolyutsiyasida heç kim sun’iy intellektdan tinçlikka tahdid soliş yoki inson huquqlarini poymol etiş uçun foydalanişga haqli emasligi alohida uqtirilgan. Sun’iy intellektni tartibga soliş va innovatsiyalar – bir-birini inkor qilmasligi, aksinça, özaro uyğun hamda çambarças boğliq tuşunçalar ekanligi ta’kidlangan.

Rezolyutsiya talabiga köra, sun’iy intellekt faoliyati bilan boğliq barça avtomatlaştirilgan qarorlar va tegişli jarayonlar inson nazorati ostida bölişini amalda ta’minlaş taqozo etiladi. Şu nuqtayi nazardan, Yangi Özbekistonning Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi mazkur talablarga har tomonlama javob beradi.

Mazkur Strategiyani amalga oşirişdan közlangan asosiy maqsad – ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, mamlakatimizning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvçi dunyoning yetakçi davlatlari qatoriga kirişiga erişişdir. Bunda «Raqamli Özbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş ham maqsad qilib qöyilgan.

Mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalari izçil joriy etilmoqda. Bu ğoyat ilğor texnologiyalarni yanada keng qöllaş, raqamli ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş va ularning sifati yuqori darajada bölişini ta’minlaş, uşbu sohada malakali kadrlar tayyorlaş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda.

Şu bilan birga, axborot resurslarini yaratişda hamda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida işlaydigan axborot tizimlari işida sun’iy intellektdan foydalanişga doir umumiy qoidalarni belgilaş, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda şaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravişda işlov berganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilaş zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Şuning uçun ham 2026-yil 21-yanvarda "Sun’iy intellektni qöllaş orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida"gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan "Axborotlaştiriş töğrisida"gi qonunga va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanişga oid tegişli tuzatişlar kiritildi.

Sun’iy intellekt va boşqa zamonaviy texnologiyalar rivojlanişi tabiiy jarayon. Zotan, taraqqiyot heç qaçon bir nuqtada töxtab qolmaydi. Ammo har qanday kaşfiyot kabi texnik va texnologik kaşfiyotlar ham inson tafakkurining mahsuli ekanini unutmasligimiz kerak.

 

Ğulom MIRZO,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist

«GULISTON» jurnalining 2026-yildagi 4-soni

Nashr sanasi 25.11.2026 Ko'rishlar 16
Ulashish