Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

YANGI HAYOT BUNYOD ETMOQDAMIZ

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2026-yil 1-aprelda qabul qilgan “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qaror bilan xuddi şu boş ğoyani özida mujassam etgan ğoyaviy-badiiy konsepsiya va dastur tasdiqlandi.

Qarorda ta’kidlanganidek, “Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi ğoyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini özida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “Özbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yölimiz inson qadr-qimmatini yuksaltiriş, köp millatli jamiyatimizda döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylaş, yurtimizda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, uning mudofaa qobiliyatini kuçaytiriş, mintaqada yaxşi qöşniçilikni rivojlantiriş hamda Vatanimizning xalqaro obrö-e’tiborini oşirişda mustahkam tayanç bölib kelmoqda”.

Şu ma’noda, Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligini milliy istiqlolimizning davlatçiligimiz tarixi, hozirgi va kelajak hayotimiz uçun beqiyos ahamiyatini hisobga olgan holda, Yangi Özbekistonning bugungi ulkan salohiyati va jahon maydonidagi nufuziga muvofiq yuksak darajada, munosib nişonlaş boş maqsad etib belgilandi.

Qaror ijrosi doirasida har bir sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va erişilgan yutuqlarga bağişlangan “Mustaqillik zafarnomasi” maxsus kitob-albomi tayyorlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda #Mustaqillik35, #Uzb35 xeşteglari ostida tarğibot aksiyalari boşlandi.

Şuningdek, “35-yillik Istiqlol yilnomasi” ruknida mustaqilligimizning tarixiy bosqiçlari, erişilgan yutuqlar va bunyodkorlik işlarini yorituvçi turkum hujjatli filmlar, körsatuvlar tayyorlanib, telekanallarda namoyiş etilmoqda. Yaqin orada xorijdagi vatandoşlar va özbek diasporasi vakillari iştirokida “Mustaqil Özbekiston – ğururim, iftixorim” şiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlarga start beriladi.

Boşqaça aytganda, davlatimiz mustaqilligining 35-yilligini Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, viloyat va tuman (şahar) markazlarida, barça mahallalar, qişloq va ovullarda, şuningdek, vazirlik va idoralar tizimida munosib nişonlaşga qaratilgan keng qamrovli tayyorgarlik işlari avjida. 

Şu örinda Istiqlol bayramining “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”, degan boş ğoyasida  mujassam etilgan tuşunça va iboralarning mazmun-mohiyatiga imkon qadar batafsil töxtaliş ayni muddaodir.

“Yagona Vatan” – Özbekiston. Aynan Özbekistonda 1990-yil 20-iyunda – “Mustaqillik  deklaratsiyasi”,  1991  yil  31-avgustda – “Özbekiston  Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari haqida”gi konstitutsiyaviy qonun Özbekiston parlamenti tomonidan qabul qilingan.

Şu tariqa 1991-yili 1-sentyabr – Özbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, deb  e’lon  qilindi. Xalqimizning  asrlar  oşa orzu qilib kelgan yoruğ niyatlari amalga oşdi.

Yagona Vatan – Özbekiston  insoniyat  ruhining uluğvorligi  va  aql ziyosining ramzi, umumbaşariy tafakkur beşiklaridan biri bölmiş serquyoş diyorimizdir. 

Yagona Vatan –  Özbekiston  noyob madaniyat va yuksak ma’rifat, Şarq  turmuş  falsafasi,  insonparvarlik ruhi bilan yöğirilgan adabiyot va  nafis san’atning azaliy va abadiy vatani hisoblanadi.

Yagona Vatan –  Özbekiston özining buyuk köhna tarixi va hozirgi zamon taraqqiyoti bilan özaro uzviy boğliq bölgan istiqboli porloq mamlakatdir. Jonajon yurtimizning ma’naviy, ma’rifiy va tarixiy salohiyati jahon hamjamiyatida tobora munosib örin egallamoqda.

Ayni çoğda, Özbekiston öz suvereniteti, davlat mustaqilligiga osonlik bilan erişmaganligini unutişga aslo haqqimiz yöq. Istiqlol yölida sönggi bir yarim asr davomida kuraşgan ne-ne fidoyi vatandoşlarimiz muttasil qatağon etildi, hurriyatga intilgan millat qahramonlari zulm va zöravonlik qurboni böldi.

Yagona Vatan –  Özbekistonda bugun yurt ozodligi yölida kuraşgan, nohaq ayblanib, bu dunyodan armon bilan ketgan vatandoşlarimizning pok nomlari tiklanmoqda. Bunday ezgu işlar qat’iy va izçil davom etmoqda. Zero, Prezident Şavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “bu masalada adolat qaror topişi şart».

“Yagona xalq” – özbek xalqi, Özbekiston xalqi. Istiqlol arafasidayoq işlab çiqişga kirişilgan va 1992-yil 8-dekabrda mustaqil xalqimiz va suveren davlatimiz qabul qilgan Konstitutsiyamizda qayd etilganidek, “Özbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, Özbekiston Respublikasining fuqarolari taşkil etadi”.

Öz navbatida, 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamiz “Özbekistonning yagona xalqi” degan yanada haqqoniy tuşunça bilan boyitildi. Ta’bir joiz bölsa, “yagona xalq” tuşunçasining mazmun-mohiyatini Vatanimizda doimiy asosda yaşab kelayotgan fuqarolar va barça zamindoş insonlar taşkil etişiga oid real voqelik Asosiy Qonunimizning boşqa moddalarida izçil rivojlantirilgani har qanday tahsinga loyiqdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 23-moddasiga köra: “Özbekiston Respublikasi öz hududida ham, uning taşqarisida ham öz fuqarolarini himoya qiliş va ularga homiylik körsatişni kafolatlaydi. Özbekiston Respublikasi fuqarosi Özbekistondan taşqariga majburiy çiqarib yuborilişi yoki boşqa davlatga berib yuborilişi mumkin emas. Davlat xorijda yaşayotgan vatandoşlar bilan aloqalarni saqlab qoliş hamda rivojlantiriş töğrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq ğamxörlik qiladi”.

Şunday ğamxörlikka bitta amaliy misol. Gap şundaki, Oq poşşo bosqinidan boşlab butun şörolar zamonida va hattoki Istiqlolning qariyb çorak asri davomida paxta hukmronligi özbekning peşonasiga yozilgan balo bölgandi.

Ne tong, ana şu qaqşatqiç paxta siyosati oqibatida Orol dengizi quridi, yurtimiz va butun mintaqamiz ekologiyasi inqirozga yuz tutdi, iqtisodiyot va ta’lim tizimlari butunlay izdan çiqdi. Oqibatda millatimiz umid közlarini tikkan bir neça avlod çalasavod bölib voyaga yetdi.

Millat Sardorining jasorati va matonati bilan bu borada ham adolat qaror topdi. Bugun Yangi Özbekistonda paxtaçilikda bozor iqtisodiyoti tamoyillari joriy etilib, soha öz egasining tasarrufiga berildi. Natijada öqituvçi maktabga, şifokor şifoxonaga qaytdi, tadbirkorlar paxta «ölponi»dan ozod böldi, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga çek qöyildi.

Xalqimizning qaddi tiklandi va qadri yuksaldi. Farzandlarimiz nihoyat öqiş va izlaniş, ilm-fan sirlarini kaşf etiş, kasb-hunar örganiş, sport bilan şuğullaniş, turli ilğor sohalarda öz iqtidorini baralla namoyon etiş imkoniga ega böldi. Özbekiston bolalar mehnatidan foydalanadigan davlatlar tirkalguvçi xalqaro «qora röyxat»lardan çiqarildi.

“Yangi hayot” – Yangi Özbekiston davlatining joriy taraqqiyot darajasi va baxtiyor xalqimizning bugungi saodatli kunlari. Bu iboraning ma’no-mohiyati Yangi Özbekiston Prezidenti bundan 10-yil oldin kun tartibiga qöygan adolatli, haqqoniy va qat’iy bir talab bilan çambarças boğliq. Ya’ni, “Xalqimiz ertaga yoki yaqin kelajakda emas, aynan bugun baxtli yaşaşi kerak!”

Şu negizda mamlakatimiz hayotining barça sohalarida olamşumul özgarişlar amalga oşirilmoqda. Bunga bitta misol keltiriş bilan kifoyalanamiz.

Kamina Özbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri sifatida 1996-yillarda “Özbekturizm”ning birinçi rahbaridan intervyu olgandim. Öşanda navqiron mustaqil yurtimizga kelgan xorijiy sayyohlarning bir yillik soni bir million nafarga ham yetmaganligi uçun bu haqdagi ma’lumotni matbuotda e’lon qilişdan tiyilganimiz esimda turibdi.

Bugun esa Yangi Özbekistonda turizm sohasi jadal rivojlanib, tarixiy rekordlarni yangilamoqda va yurtimizga bir oyning özidagina bir million nafar sayyoh kelişi odatiy holga aylanmoqda. Mamlakatimizga kelgan xorijiy sayyohlar soni, 2025-yil yakunlariga köra, qariyb 12 millionga yetgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

“Yangi kelajak yaratamiz!” – Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bağişlangan bayram tantanalari boş ğoyasining oxirgi iborasi şunday. Illo, kelajak marralari poyida şonli tarix yutuqlari mustahkam pillapoyadir.

Bunga birgina misol: Yangi Özbekiston kosmik texnologiyalar sohasida yangi bosqiçga qadam qöymoqda. Avvalambor, Prezidentimiz Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga taqdim etgan navbatdagi Murojaatnomasida mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yöldoş va mamlakatimiz fuqarosi bölgan birinçi özbek kosmonavtini fazoga uçiriş böyiça sa’y-harakatlar boşlangani ma’lum qilindi.

Yaqinda Prezident huzurida ötkazilgan taqdimotda mamlakatimiz 2028-yilda ilk ilmiy sun’iy yöldoşini fazoga uçirişni rejalaştirayotgani qayd etildi. Mazkur loyihaning Mirzo Uluğbek nomi bilan atalişi va u nafaqat kosmik texnologiyalarni rivojlantiriş, balki milliy-ilmiy maktabni şakllantiriş va yoş mutaxassislarni tayyorlaşga ham xizmat qilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, Özbekistonimizning birinçi milliy kosmonavtini qisqa muddatli kosmik parvozga tayyorlaş işlari ham boşlanib ketdi.

Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz namoyandalari yuksaklarga parvoz qiliş haqida, fazo va koinot, yulduzlar va sayyoralar kaşfi xususida ançadan buyon öylamay va intilmay, ta’bir joiz bölsa, orzu ham qilmay qöygandi, nazarimda. Bu örinda, avvalo, şoh va olim bobokalonimiz Mirzo Uluğbek hazratlari zamonasi nazarda tutilmoqda.

Uşbu Temuriyzoda ajdodimiz XV asrning buyuk olimi va davlat arbobi, astronom, matematik va dono hukmdor sifatlarini uyğunlaştirgan şaxs bölgan. Markaziy Osiyoning buyuk musulmon olimlari an’anasini davom ettirib, Samarqandda öşa davrning eng yirik rasadxonalaridan birini barpo etgan va u yerda maşhur yulduzlar jadvali va “Ziji Köragoniy”ni tuzgan. Mirzo Uluğbekning astronomiya sohasidagi işlari, xususan, yulduzlar va sayyoralarning aniq koordinatlarini ölçaşi jahon astronomiya fani taraqqiyotiga katta ta’sir körsatgan.

Qolaversa, kosmik kemaning işlaş prinsipi impuls saqlaniş qonuniga asoslangan, deydi mutaxassislar. Demak, koinotga çiqayotgan har bitta fazoviy kema uskunalarining işlaşi Ibn Sino va Al-Xorazmiy bobolarimizning ğoyalariga tayanadi.  

Şu ma’noda, sönggi yillarda Yangi Özbekistonni bunyod etiş asnosida mamlakatimiz hayotining barça sohalari qatori milliy koinot infratuzilmasini yaratişga ham jiddiy e’tibor qaratilayotir. Og‘gan daryo – yana oqadi, deydilar. Ilohim şunday bölsin!

Yangi Özbekistonning har bir yutuği – Mustaqillik mevasi, Istiqlol hosilasidir. Şunday ekan, Mustaqilligimiz bor bölsin, ozod Vatanimizga taraqqiyot va barqarorlik, fidoyi xalqimizga baxt-u farovonlik hamişa yor bölsin!   

 

Ğulom MIRZO

«Guliston» jurnalining 2026 -yil 3-soni

Nashr sanasi 23.11.2026 Ko'rishlar 152
Ulashish