Keyin, sarlavha borasida ham turli mulohazalar bölişi mutlaqo tabiiy deb öylayman. Elitar poeziyamizning anʼanaviy “sasi” sezilib turadigan bunday balandparvoz sözlar bugun normal öquvçini bezdirganini yaxşi tuşunaman. Ammo meni muammo sözlarda emas, ularni istifoda etişda degan işonç doimo umidlantirib turadi. Va, albatta, maqola davomida ikki “yaltiroq” söz — “inqilob” (ayniqsa, bu atama böyiça çuqurroq fikr bildirmoqçiman) va “ğurur” istilohlariga nisbatan daʼvolarimni asoslaşga harakat qilaman. Öylaymanki, ayni jarayonning özi matnga qöyilgan adabiy tavsif maqomini ham oqlaydi.
I
Çili-fransiyalik maşhur dramaturg va rassom Alexandro Xodorovski “Qafasda tuğilgan quşlar parvoz qilişni kasallik bölsa kerak deb öylaşadi” degan edi.
Öz davrida Pikassoni ham mutaassir qilgan ayni aforizmni qaramlik va ozodlik, jön aytganda, qullik zehniyatining söz orqali çizilgan mukammal tasviri deyiş mumkin. Men juda köp maqolalarimda tafakkur ozodligi haqida gapirganman. Va bugun şuni anglab yetayotirmanki, bu iş bilan nafaqat bir-ikki odam, balki olimlar, ziyolilarning katta armiyasi şuğullanişi şart va zarur ekan. Negaki jamiyatning özgarişi odamlar dunyoqaraşi bilan bevosita boğliq. Ayni mulohazani Prezidentimiz juda köp va taʼsirli tarzda ifoda etgani ham bejiz emas. Jumladan, davlatimiz rahbari “Bugungi Özbekiston — keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas”, der ekan bevosita odamlarimiz ongi tezroq özgarişiga işora qiladi. Haqiqat şundaki, bir asrdan ortiq davr mobaynida tafakkurlarimizga singdirilgan qaramlik taʼsiridan çiqib ketişimiz oğir keçayotir. Nafaqat iqtisodiyot va siyosatda, balki kundalik turmuşimiz, madaniyatu yuriş-turişimizda ham keçagi kun “anʼana”lari sezilib turadi. Va bu jarayonlar bizning “özimiz”dan ança nari ketib qolganimizni anglatadi.
Men yaqinda yurtimizda tadqiqot olib borgan xorijlik bir antropolog olimning maqolasi bilan tanişdim. U kötargan mavzusida nega özbek jamiyatida odamlar köproq bir xil tusdagi, masalan, oq va qora rangdagi ust-boş kiyişni urf qilişgani haqida mulohaza yuritadi va öz fikrini, bu kommunistik mafkuraning “maişiy-madaniy siyosati” bilan boğliq bölişi mumkin deya xulosalaydi.
Darhaqiqat, mustamlakaçilik yaratgan “milliy mentalitet” nafaqat anʼana, balki “kim”lik kodi” darajasiga dönib qolganini biz köp ham payqamaymiz. Oddiy odamlar u yoqda tursin, akademik doiralarimizda ham bu mavzular bugun jiddiy muhokama qilinayotganiga şubha bilan qarayman. Şunçaki misol, ayni damda mintaqamiz jamiyatlarida, deylik, palov özbek va tojiklarning, beşbarmoq qozoq va qirğizlarning milliy taomi deyilişi mutlaqo haqiqat sanaladi. Holbuki, sotsial madaniyatimizdagi bunday “tartib” aslida sunʼiy ravişda singdirilgan bölişi ham mumkinligi haqida kam şubhaga boramiz yoki bu borada tuşunçalarning umuman yöqligi bois, konformizmga yuz buramiz.
“Sovet davrida nafaqat oşxona geografiyasi, milliy ust-boşimiz ham markazdan “loyihalaştirilgan” deydi kelib çiqişi qirğizistonlik bölgan AQŞlik tadqiqotçi Erika Marat. Uningça, “...har bir respublikaga nomini bergan etnik guruhga standartlaştirilgan “anʼanaviy” taomlar va kiyiniş turlarining muayyan töplami tepadan belgilab berilgan. Kiyim-keçakning turliça hayot tarzi, iqlim şaroitlari, ijtimoiy mavqe va vazifalarga moslaştirilgan murakkab körinişlari har bir sovet respublikasi uçun bitta standart libosgaça soddalaştirilgan”. Uşbu qaraş nafaqat ijtimoiy-siyosiy, industrial sohalar, jumladan, quriliş va arxitekturada ham öz tajallisini topgan. Birgina ötgan asrning 40-70-yillarida Toşkentda amalga oşirilgan meʼmorçilik nafaqat quruvçilik, balki siyosat darajasidagi masalaga aylanganini zukko odamlar yaxşi bilişadi (Şu yerda aytib ketay, bugun men aynan bunyodkorlik va davlat siyosati, hukmron mafkuralar va oddiy odamlarning turmuş tarzi borasida kengroq gapirişni maqsad qilganman).
Töğri, bugungaça “sovet modernizmi” sifatida talqin etiladigan “Çorsu” bozori, “Özbekiston” mehmonxonasi, “Xalqlar döstligi” saroyi kabi inşootlar öz davrining benazir loyihalari edi. Ammo bu ansambllarni qurişda modernistik arxitekturaga mahalliy identlik sifatlari singdirilişi ham safarbarlik samimiyatini şubhadan xoli qila olmadi. Çunki uşbu bunyodkorlik “tomirlari” ilhomni kommunistik mafkura sarçaşmasidan olayotgandi. Unga köra, Toşkent sovetlarning butun Şarqdagi “vitrina”si, qolaversa, sotsializmning musulmon ölkasidagi ğalabasini aks ettirişi lozim edi (uşbu iddaolar meʼmorlar hisobotlarida urğulangani arxiv hujjatlarida muhrlangan).
Özi, umuman, tarixni kuzatsangiz, bunyodkorlik sifatida talqin etiladigan jarayonlar aksariyat hollarda ijtimoiy-gumanitar hodisadan köra, köproq hokimiyatning “siyosiy tili” vazifasini ötaşga safarbar qilinganiga guvoh bölişingiz mumkin (bu masalada haliroq jahon tarixi va qolaversa, özimizning yaqin ötmişdan ham misollar keltiraman).
Örni kelganda öşa davr qurilişlari haqida yana bir mulohazani aytmoqçiman. Uşbu masalada eski zamonni qömsovçilar bir fikrni ilgari surişni yaxşi köradi: yaʼni sobiq tuzum bizda urbanizatsiya madaniyatini paydo qildi, köplab şaharlar qurdi...
Oçiği, bu fikr bilan oyoq tirab tortişmoqçi emasman. Haqiqatan, ötgan asrning 30-80-yillari davomida yurtimizda önlab yangi şaharlar paydo böldi. Buni inkor qilib bölmaydi. Ammo şu yerda, garçi bundan maqsad “insonlarning baxtu saodati” bölmasa, unda muddao nima edi degan haqli savolga ham javob berib ketiş kerak. Masalan, Navoiy, Olmaliq, Angren, Uçquduq, Zarafşon, Guliston va yana şunday önlab maskanlarning bunyod etilişini bugun qanday şarhlasak töğri böladi?! Gapni çözmay darrov aytaman, bu kentlarning barçasi öz xarakteriga köra monoşahar (iqtisodiy jihatdan bir asosiy korxona yoki tarmoqqa tayangan)lar edi. Yaʼni bunyodkorlikdan maqsad heç qaçon inson bölmagan. Balki yer osti va usti boyliklarini instrumentlaştiriş rejasining bir qismi bölgan. Albatta, bundan hafsala pir bölmasligi kerak. Çunki metropoliyalar qadariga öz periferiyalarini obod qiliş va yoki mahalliy aholining peşonasini “yarqiratiş” yozilgan fariştalar deb öylasak, xato qilgan bölamiz. Biz mansub “kolonializm” esa insoniyat tarixidagi boşqa turdoşlariga nisbatan “axloqiy norasoligi” bilan ham ajralib turgan. U insondan köra ğoyani afzal biladigan, öz ğalabasi va manfaati yölida xalqlardan vosita sifatida foydalanişdan-da tortinmaydigan global dunyodagi siyosiy submadaniyat ölaroq taassurot qoldiradi bugun.
Şunday tuzum hamda siyosat, jonli bir hayotni körgan odam endi “Inson qadri uçun” degan ğoya nima sabab kun tartibiga çiqqanini hamda uning ahamiyatini juda yaxşi tuşunadi.
II
Yuqorida Xodorovskidan keltirilgan iqtibos bejiz emas. Zotan, boya aytganimdek, bugun bizda postkolonializm-mustamlakaviy hukmronlik “oqibatlari” va dekolonializm-mustamlakaçilik merosi, tafakkuri, hukmronlik körinişlarini tanqidiy qayta körib çiqiş borasida amaliy qadamlar sezilayotgani yöq, desam, notöğri gapirmagan bölaman.
Şu örinda bir mulohazani bayon etmoqçiman. Real maʼnaviy ahvolimiz “manzara”larini bizda fandan köra adabiyot va sanʼat jabhasi ertaroq, öşa “oşkoralik” zamonlaridan-da oldinroq anglagan va uni poetik uslubda körsatişga harakat qilgan edi. Misol uçun, ötgan asrning 80-yillarida zamonasining maşhur rejissyori Mark Vayl “Ilxom” teatrida Yevgeniy Şvarsning “Ajdarho” ertagini sahnalaştirgandi. Uşbu majozga qurilgan asarda şahar odamlari özlari quli bölgan keksa ajdarhoni öldirgani kelgan bahodirga qarşi çiqadi. Sabab: ular bandilikka könikib qolişganida edi... Albatta, allegoriyalar öz-özidan tuğilmaydi. Va Vayl ham turğunlik yillarida bu asarga bekorga murojaat qilmagandi. Biroq hozir gap adabiyot yoki sanʼat janrlari va yana metamorfozalar dramatizmi haqida emas, masala oradan deyarli qirq yil ötayotgan bölsa-da, biz uçun mudom ayni mavzuning eskirmay qolayotganida.
Ammo qiziq paradoks şundaki, biz şu holimizça ham demokratiyaning yuksak andozalarini talab etib xarxaşa qilamiz, baʼzan. Qozoğistonlik juda maşhur siyosatçi bir zamonlar kinoya bilan “Amerikadagidek demokratiyani joriy qilişni istardik, lekin Qozoğistonda şunça amerikalikni qayerdan topamiz?” deganida katta ehtimol bilan şuni nazarda tutgan bölsa, ajabmas...
Şu mulohazalardan kelib çiqib aytadigan bölsak, bugun bizning oldimizga qöyiladigan eng katta va foydali savol “biz demokratiyaga tayyormizmi, yöqmi?”dan köra, köproq “biz dekolonializmni qanday tuşunamiz?” bölişi kerakdek taassurot uyğotadi odamda.
Ayni maʼnoda, matnda foydalanilgan ikki allegoriya vosita ölaroq maqsadni töliq oqlaydi. Taassuf şu yerdaki, nafaqat olim yoki mutaxassis, balki qiziquvçan oddiy inson ham bugun jamiyatimiz “tomiri”ni uşlab, ayni “taşxis” alomatlarini sezişi mumkin. Ha, köpçiligimiz mansub anʼanaviy tafakkur Şvars ertagidagi şahar aholisining ajdarhoga muhabbatini favqulodda eslatib yuborişi bilan odamdagi xavotirni kuçaytiradi, baʼzan.
Men bugungi kunlarimizda ham ötgan zamonlarni soğinadigan, hozirgi yangilanişlar va özgarişlarga kek bilan qaraydigan, gugurtning bir tiyin bölganini miflaştiradigan, erk va ozodlik töğrisida sözlovçilarga “kasal”ga qaraganday munosabat qiladigan juda köp odamlarni bilaman. Nafaqat oddiy kişilar, balki amaldor va ziyolilar orasida ham tarixning ortga “evrilişini” pinhona qömsaydigan yurtdoşlarimiz öylaganimizdan ham köproq topilişi mumkin. Va bu, heç şubhasiz, özgarişi juda qiyin keçayotgan tafakkur tarzimiz bilan bevosita boğliqdir.
III
Yozayotgan maqolamga “inqilob” va “ğurur” tuşunçalarini asosiy ğoyaviy tayanç sifatida tanlaganim bejiz emas. Zotan, Şavkat Miromonoviç bugungaça amalga oşirgan tarixiy yangilanişlar mohiyati yetarliça oçib berilgani yöq. Ayniqsa, bu harakatlardan maqsad jamiyat tafakkurini özgartiriş, yangi inson va çin maʼnodagi suveren mamlakatni bunyod etişga qaratilganini hisobga oladigan bölsak, bu yanada yaqqolroq közga taşlanadi.
Sabab? Sabab şuki, anʼanaviy taşviqot vositalarimiz — rasmiy gazetalar, tele va radiokanallar eskiça, odamlarni bezdiradigan formatlardan hali oyoğini olgani yöq.
Davlat rahbari “milliy kontent” yaratiş kerakligi haqida gapirganiga bir neça yil böldi. Xöş, bu amalga oşdimi? Töğri, global tarmoq özbek segmentida bugun bir qança axborot manbalari közga taşlana boşladi. Ammo biz “jiddiy” deb qaraydigan köpgina internet naşrlari ham hozirça faoliyat kölamini Rossiya — Ukraina, AQŞ — Isroil — Eron yoki dunyodagi boşqa geosiyosiy masalalar atrofida şakllantirişga harakat qilişayotir. Töğri, bu ham muhimdir. Ammo mamlakatimizda, Vatanda bölayotgan yangilanişlar va özgarişlarni kim şarhlaydi, odamlarga, jamiyatimizga kim tuşuntirib, yetkazib beradi?!
Baʼzan şunday böladiki, Özbekistonda bölayotgan fundamental özgarişlar mohiyatini bizning matbuotdan köra çetdagi mediaplatformalar taʼsirçanroq yoritmoqdami degan gumonga ham borasan kişi.
Yaqinda şunday naşrlardan birida Qirğizistonning birinçi prezidenti ittifoq yiqilib, mintaqa davlatlari mustaqillikni qölga kiritgan ilk yillar haqidagi öz fikrini bölişdi. “...Rostini aytsam, 90-yillarda, prezident bölganimda, menda bir şubha bor edi: qirğizlar bozor mexanizmlarini özlaştirib keta oladimi, özbeklar bilan raqobatlaşa olamizmi deb köp öylanardim. Çunki mening nazarimda, bozor iqtisodiyotiga ötişimiz bilan özbek birodarlar butun Markaziy Osiyoni egallab, boşqaradigandek edi. Sababi, ular sovet davridayoq bunga tayyor bölgan. Ammo barçamiz
Islom Karimovdan minnatdor bölişimiz kerak. U kişi özbeklarni dunyodan ajratib qöydi. Şu bilan qirğiz va qozoqlarga imkoniyat yaratib berdi. Şuning uçun Qirğizistonda Islom Karimovga haykal örnatgan bölardim. U bizga yöl oçib bergani uçun qirğizlar bozor mexanizmlarini özlaştirib oldi. Agar raqobat bölib, Islom Karimov Özbekistonni oçib qöyganda edi, mana, hozir Mirziyoyev kabi dunyoga oçilganda edi, biz ular bilan raqobatlaşa olmas edik”.
Albatta, Akayevning uşbu fikrlari bilan yuz foiz kelişib bölmas, biroq masalaga xolis qarasak, u öşa yillardagi vaziyatni özi körgan, iştirokçisi bölgan inson sifatida baholagan. Qolaversa, u öz xotiralari bilan bugun qöşni Özbekistonda bölayotgan inqilobiy özgarişlarning qiymatini aniq qilib körsatib bergan.
Haqiqat şunday narsaki, baʼzan u odamni töğri gapni aytişga undaydi. Özbekistonni tanqid qiladiganlar köp hollarda “ötgan maʼmuriyat faoliyatiga siyosiy baho berilmayotir” degan aybni yopiştirişga urinişadi. Taşqaridan qaraganda, bu gapda jon bor: mamlakatimiz bugun yangi yölga kirdi. Prezidentimiz juda köp bor aytganlaridek, Özbekiston keçagi Özbekiston emas. Lekin har qanday siyosiy qadriyatlardan-da çuqurroq va ayni paytda qadrliroq bir ruhoniy boylik bor. Bu çin maʼnodagi özbek xarakteri bilan boğliq jihat, deyişimiz mumkin. Keçagi kunni sökmay, xatolardan saboq çiqariş garçi bugungi kunlarimizda kamyoblaşib borayotgan bölsa-da, millatimizga xos xislat. Yaqin tariximizda juda köp “polittexnologiya”lardan foydalandik. Jamiyatni şiorlarga burkadik, qöşnilar bilan baʼzan oçiq, baʼzan pinhona “san-man”ga bordik. Lekin nima böldi? Şu bilan baxtli bölib ketdikmi?!
Eng yomon tomoni, öşa sovet zamonlarida respublikani boşqargan rahbarlarning birortasi bizning “tarğibot maşina”larimizdan “butun” çiqmadi. Hammasini “mayib” qildik. Nomlarini öçirib taşlaşga harakat qildik va oxir-oqibat özimiz uçun noqulay manzara yaratdik. Aslida, tarixni yozişni tarix ilmining öziga qoldirgan maʼqul...
Mayli, hozir gap bu masalada emas. Men birovni qoralamasdan, turli darajadagi siyosiy mif-duşman personajlarni ijod qilmasdan ham işlaş va natija körsatiş mumkin ekanini ifoda qiliş uçun bu gaplarni aytdim.
Gap boşlaganim matbuotimiz, uning bugungi faoliyatiga qaytadigan bölsak, tabiiyki, bir jihatni unutmasligimiz kerak: biz XXI asrda yaşayapmiz. Dunyo juda tez özgarmoqda. Biroq biz axborot siyosati masalasidagi işlarimizni zamonga hamon moslab ololmayapmiz. Bugun köpçilik gazeta va rasmiy telekanallar öz auditoriyasini yöqotdi, degan haqli eʼtirozlarning asosiy sababi şu, menimça. Buning esa davlat siyosatiga sezilarli taʼsiri bor. Çunki bugun olib borilayotgan islohotlarni jamiyat va xalqqa yetkazib berişda asosiy vazifa ular zimmasida. Matbuot va uning bugungi professional saviyasi haqida gapirganda bir jihatni hisobga oliş kerak böladi. Bu köproq biz tahlilga tortayotgan hadik bilan bevosita boğliq, nazarimda. Tepadan “imlov” kutiş, yuqoridan kimdir aytmagunça mustaqil harakatdan tiyilib turiş matbuotimiz uçun mudom eng töğri yöl hisoblanadi. Qolaversa, eski davr sinovidan ötgan anʼanaviy va eng xavfsiz usul — quruq maqtov, madhiyabozligu, ura-uraçilik ham uning öquvçi va tomoşabinlardan uzoqlaştirayotgan sabablardan biri bölişi mumkin.
Nega buni gapiryapman, çunki matbuotimiz, ayniqsa, rasmiy OAV mana şu özgarişlar jarayonini çuqur his qilmayotir, nazarimda. Eʼtibor berib kuzatsangiz, boş ekranlarimizda, katta gazetalarimiz sahifalarida faqat bir xil odamlar gapiradi, yozadi... Buning ustiga ritorika ham, “romantizm” ham özgarmagan, 20 yil oldin qanday bölsa, şunday... Tabiiyki, bunday şaroitda öquvçi-yu tomoşabinni ayblab bölmaydi. Va şu sabab bizning “tarğibot siyosatimiz” jamiyatda maʼlum maʼnoda öz aksiltaʼsirini körsatib kelmoqda.
Aslida, Prezident amalga oşirayotgan işlar malakali mutaxassislar, analitiklar tomonidan mufassal şarhlansa, davlat rahbari maʼruzalari, joylardagi çiqişlari, oddiy odamlar davrasidagi fikrlari yuqori intellektual doiralar tomonidan tahlil qilib berilsa, şuning özi yetarli.
Hozir örni bölmasa-da, bir gapni aytaman. Bir neça yil oldin “uçar faollar”dan bir guruhi yiğilib, şaxsan Prezidentga maktub yöllaşadi. Xatning mazmuni şundayki, siz davlatimizning yuksak mukofotlaridan biriga munosibsiz, ruxsat bersangiz, nomzodingizni komissiyaga kiritsak... Öşa voqeadan keyin Şavkat Miromonoviç “Atrofimda yurgan odamlarki mening qalbimda nima borligini tuşunmasa, yana kimdan xafa bölişim kerak”, degan edilar...
Haqiqatan, Prezidentimiz köp bor aytganidek, rahbar uçun odamlarni rozi qilişdan yuksak mukofotning özi yöq. U kişidan “Men oddiy odamlar, öğil-qizlarimiz yuz-közlarida quvonçni körsam, ularning bu hayotdan roziligini ilğasam, şuning özi mening baxtim. Menga bundan ortiq mukofot ham, maqtov ham kerak emas” degan gaplarni juda köp bor eşitganman va uşbu sözlarning qatʼiy hamda samimiyligiga heç qaçon şubha qilmaganman.
Holbuki, Şavkat Miromonoviç ham sovet zamonlarini, kökraklari mamlakatning eng yuksak orden-medallari bilan tölib ketgan öşa davr rahbarlarining köpini körgan. Ammo bunday tarzdagi eʼtirofdan öz xalqining roziligini, çinakam baxtu saodatini doim afzal bildi. U kişining boşqalardan farqi ham aslida şunda. Bu insoniy xarakter, odamlarga mehr hamda çeksiz samimiyat mening qalbimda doimo ğurur tuyğusini uyğotib kelgan.
Öz Prezidentidan ĞURURLANIŞ tuyğusi mening qalbimda şunday alangalangan.
IV
Xabaringiz bor, bu yil mustaqillik bayrami “Yangi Toşkent”da ötkazildi. Baʼzi birovlar bu harakatni davlat populizmi bilan boğlaşdi. Menimça esa, unday emas. Prezidentning bundan közlagan maqsadi uşbu taxminlardan yuz çandon yuksak va samimiyroq. Masalan, mamlakatning siyosiy bayramini yangi qurilayotgan şahar bağrida ötkaziş faqat bir neça maʼmuriy va taʼlim inşootlari hamda “Ginness rekordlar kitobi”ga kirgan favvorani foydalanişga topşiriş yo köz-köz qilişdan iborat edi deb xayol qiliş juda kulgili bölar edi.
Davlat rahbari qurilayotgan uşbu şaharni nafaqat odamlar istiqomat qiladigan zamonaviy bir megapolis, balki yangi dunyo, yangiça tafakkur va ozod odamni ifodalovçi tarixiy bir ğoya timsoli sifatida körişini men juda köp bor sezganman. Mana, yaqinda u kişi bu yerga yana taşrif buyurdi hamda faollar, tijoratçi va investorlar bilan uçraşuvda “Yangi Toşkent —
özimizniki!” degan çaqiriqni örtaga taşladi hamda şahar hududidan poytaxt tumanlari va viloyatlar uçun hozirça 100 gektardan yer ajratib berilişini maʼlum qildi. Sizningça, bu nimani anglatadi?
Agar biz 100-120 yillik tariximizni örganadigan bölsak, millat sifatida juda kam hollarda jipslaşganimizni körişimiz mumkin. Uruğ-aymoqçilik, mayda etnik ayirmaçilik, mahalliyçilik... Milliy traditsionalizmning bunday xavfli va zararli körinişlari biz bilan bugungaça “yaşab” kelayotganini kim inkor etadi. Hozirgaça “şaharlik”, “qişloqlik” degan sifatlov turi yerdan oyoğini uzmaganini unça zukko bölmagan odam ham sezadi. Poytaxt markazçiligi haqida-ku, mutlaqo gapirmasa ham böladi. U bu borada, umuman, barça masalada dominant maqomga ega edi. Toşkentda yaşaş, toşkentlik böliş mamlakat fuqarosi uçun eng yuqori ijtimoiy rutba — oqsuyaklik maqomini berardi göyo. Mamlakat boşkentidan boşlangan ayni vertikal maʼmuriy hududlar — viloyatlar böylab ham keng yoyilgandi. Xullas, markaz alohida ham madaniy, ham iqtisodiy jihatdan keng ustuvorliklarga ega edi. Holbuki, şunday bir şaroitda mamlakat aholisining yarmidan köpi qişloqlarda istiqomat qilişardi...
Xöş, nima deb öylaysiz, ahvolning bundayligini, mamlakat aholisi, yaʼni xalq bir neça ijtimoiy tabaqalarga bölinib qolganini heç kim bilmasmidi?
Menimça, buni hammamiz tuşunardik, yaxşi bilardik. Faqat uzoq vaqt körmaganga oldik. Buning esa köplab sabablari bor edi...
V
Sönggi ön yillikda amalga oşirilgan va tez yodimizdan kötarilgan dadil islohotlardan biri “propiska” tizimining bekor qilinişi böldi.
Aslida, “propiska” loyihasining rahnamosi Iosif Stalin edi. Grajdanlarni şaxsiy nazorat qilişni kuçaytiriş va hokimiyat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida joriy qilingan ayni tartib deyarli 100 yil (ittifoq tanazzulidan keyin ham) davom etdi.
Insonlarni davlat inventariga aylantirib qöygan bu mexanizmning 2017-yilga kelib bekor qilinişi, albatta, tarixiy jasorat, haqiqiy INQILOB edi. Biroq hozir gap bu haqda emas. Sözimiz postkommunistik davr — mustaqillikdan keyin ham uşbu tartibning uzoq muddat amalda qolganida.
Xöş, nega şunday böldi? Köpçilik buni bugun ham yaxlit maʼnoda xavfsizlik hamda siyosiy qudratni asrab qoliş ambitsiyasi bilan boğlaydi. Bölsa, bordir. Ammo şu örinda közdan panada qolayotgan yana bir omil ham mavjud. Buning manbai katta şaharlar, ayniqsa, poytaxt infratuzilmasiga tuşadigan “bosim”dan qoçiş, demografik “sakraş” (eʼtibor bering, 1990-yilda Özbekiston aholisi 20,2 million, 2000-yilda 24,5 million, 2010-yilda 28 million, 2020-yilda 33,9 million bölgan. Bugun uşbu nufus 40 millionga yaqinlaşdi) hamda aholining şaharlaşuvga bölgan tiyiqsiz iştiyoqini jilovlab turişdek öta nozik tektonik masala bilan boğliq edi deyişga yetarliça asos topiş mumkin.
Mazkur prinsiplarga köra, “propiska” masalasi sovet davrida markaz — Moskvadan nazoratga olingan bölsa, mustaqillikdan söng Prezident farmonlari bilan bajonidil boşqarildi...
Töğri, aytganimizday mavzu bu emas. Ammo uning “oqibati” biz aytmoqçi bölayotgan hikoyaning mazmuniga juda aloqador. Şu maʼnoda, gapiradigan bölsak, uşbu masalada Şavkat Mirziyoyev zimmasiga olgan masʼuliyat faqatgina bargrang pasportlarimizning “yaşaş manzili” degan sahifasiga uriladigan muhrni mahv etişdangina iborat emasdi. Bu yopiq qozon içidan çiqib, Vataningning istalgan manzilida iş va qönim topiş, kengroq maʼnoda aytganda, ozod insondek yaşaş erkinligi degani edi. Ammo deyarli bir asr taʼqib qilingan va çeklangan bu erkinlikni taʼminlaş oson işmidi?!
Navbatdagi mulohazalarimiz ayni savoldan kelib çiqadigan saboq, oqibat va uning natijalari atrofida böladi.
VI
Bundan atigi ön yil ilgariyam matbuotda yoki elitar munozaralarda mamlakatdagi demografik vaziyat haqida juda kam gapirilardi. “Urbanizatsiya”, “aglomeratsiya” degan atamalar faqat ilmiy davralardagina işlatilar, aholining uy-joy masalasi borasidagi diskussiyalariga qöşilişidan iloji boriça ehtiyot bölinardi.
Bunday “saranjom”lik ortida hali aytganimizdek, albatta, bir xavotir bor edi: aholining şaharlarga oqib kelişi va aglomeratsiyaga yöl oçiş öz-özidan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tuğdirardi.
Keling, şu örinda uşbu masalaning oqibatini ifodalovçi bir kiçik iqtibosdan foydalanamiz. Prezidentimiz 2026-yil 25-fevralda urbanizatsiyaga bağişlab ötkazgan yiğilişda poytaxt misolida gapirib şunday degan edi: “Sönggi yillarda poytaxt iqtisodiyoti va aglomeratsiyasi jadal ösib, Toşkent şahrining doimiy aholisi 3,1 million nafardan oşdi. Şu bilan birga, 2045-yilga borib, şahar aholisi ikki barobardan ziyodga ortişi prognoz qilinmoqda. Bu esa urbanizatsiya jarayonlarini uy-joy, transport-logistika, muhandislik tarmoqlari hamda ijtimoiy infratuzilmaga tuşayotgan yuklamaga mutanosib holda rivojlantirişni talab etadi”.
Uşbu fikrlar, öylaymizki, öşa davr uçun öta xavotirli bölgan murakkab vaziyat manzarasini ança oydinroq namoyon etişi mumkin.
Töğri, xolisona va insof bilan aytganda, şaharni zamonaviylaştiriş, yangi markazlar va dahalar quriş haqida orzu-istaklar ötgan davrda bölmagan deyiş adolatdan emas. Biroq rejani tor siyosiy hujralardan hayotga köçiriş uçun odamda katta siyosiy iroda bölişi kerakligi ham haq gap.
Men mustaqillikning ilk yillarida poytaxtning ikki tumanida rahbar bölib işlaganman. Öşa yillari nafaqat quriliş qiliş, hatto yorilgan içimlik suv quvurini almaştirişga ham bitta ekskavator topolmay, bir neça kunlab sarson bölganimni yaxşi eslayman. Şu bois, Prezidentimiz bugun nafaqat şahar, balki butun mamlakatimiz böylab olib borayotgan işlar kölamini körib, oçiği, u kişining ğayrat-şijoatiga tan beraman. Eʼtibor qiling, joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani böyiça 9 milliard dollar investitsiya jalb qiliş rejalaştirilgan. Bu öz-özidan böladi, deb öylaysizmi?! Yoki mana bu raqamlarga bir ahamiyat qarating: statistikaga köra, ötgan ön yilda aholimiz 8 millionga köpaydi. Ayni şu davr içida 650 ming oila yangi uy-joyli böldi...
Men yuqoriroqda bugun mamlakatdagi bunyodkorlik va bu özgarişlarning odamlar ongu tafakkuriga taʼsiri, qolaversa, ijtimoiy siyosat va mafkuralar haqida kengroq töxtalaman degan edim. Haqiqatan, insonning yaşaş tarzi uning dunyoqaraşiga ham taʼsir körsatadi. Bunga yaqin tariximizdan köplab misollarni keltirişimiz mumkin. Ötgan kunlarimizga qaraydigan bölsak, bizda quriliş, xususan, aholi uçun turar joylar qurilişi nisbatan tizimli ravişda “qayta quriş” yillarining oxiriga qadar davom etdi va töxtadi. Söngra “Bankovskiy dom” degan nom ostida poytaxtning baʼzi dahalarida uylar qurildi. Ammo ularni olişga oddiy odamlarning qurbi yetmasdi...
Oçiği, aytib ötganimizdek, asl muddaodan qatʼi nazar quriş, obod qiliş, atrofni “gulzorga aylantiriş” barça zamonlarda ham aktual bölgan. Sovet davrida ham bu borada bir neçta yirik davlat dasturlari va quriliş siyosati yönalişlari bölgan. Masalan, “kommunal kvartiralar” (ular bir rözğor sifatida emas, balki bir neçta oila yoki şaxs tomonidan umumiy foydalaniladigan xonadonlardir. Bunday uylarda har bir oila alohida xonada yaşagan, oşxona, hojatxona, hammom va yölak kabi joylardan esa birgalikda foydalangan) degan bugun köpçilikning esidan çiqib ketgan tuşunça öşa siyosatning bir qismi hisoblanadi.
Ideologiya, real turmuş va bu omillarning odamlar tafakkur tarziga taʼsiri, uni şakllantirişdagi örni haqida gapirar ekanmiz, ayni nuqta sovet davri maişiy hayotining ijtimoiy eksplikatsiyasi (mohiyatini oçib beriş)ga yaxşi misol böla oladi, deyişimiz mumkin. Negaki kommunal kvartira — faqat uy-joy yetişmovçiligining oqibati emas, balki davlat siyosati, şaharsozlik va xalqning kundalik turmuşini bir nuqtada birlaştirgan tarixiy hodisa ham edi. Va yana bunga turli madaniyatlaru urf-odatlarni yagona bir “qaynatuvçi qozon”ga solib, yagona xalq — sovet kişisi fenomenini yaratişga bölgan uriniş hosilasi deb qarasak ham köp xato bölmaydi. Çunki bunday yaşaş tarzi fuqarolarda “şaxsiy erkinlik”, “ozod fikr” kabi hukmron mafkuraga yot tuşunçalar şakllanişini çeklar, barçani bir ğoya yölida birlaştirişga yaxşigina kömaklaşardi.
“Kommunalka”lardan keyin ayni jabhadagi katta siyosatga 1957-yillarda start beriladi. Aynan öşa yili butun mamlakat böylab uy-joyga bölgan talabni qisqa muddatda kamaytiriş maqsadida namunaviy loyihalar asosida ommaviy tarzda köp qavatli, nisbatan arzon uylar quriş böyiça KPSS Markaziy Qömitasi va SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda uy-joy qurilişini rivojlantiriş töğrisida”gi qarori çiqariladi.
Tarixda köproq “Xruşyovka uylari” degan nom bilan maşhur bölgan uşbu tajriba haqida ham ajabtovur hangomalar bor. Eng muhimi, ularning birortasi töqima emas. Mana, şulardan biri: sovet zamonida odamlar nima uçun uy devoriga haşamdor gilam osişganini heç öylab körganmisiz?! Taşqaridan qaraganda, bu şunçaki bir moda yoki estetik qoloqlikday tuyulişi mumkin. Ammo unday emas. Sovet odamlarining boylik ramzi hisoblangan gilamlarning devorlarga qoqilişi muayyan maqsadni közlab urfga aylangani töğrisida turli gaplar tarqalgan.
Ötgan asrning 50-60-yillarida katta şaharlarda aholini turar joy bilan tezroq taʼminlaş maqsadida arzon va oddiy loyiha böyiça yoppasiga qurilgan sifatsiz “xruşyovka”larda bu buyum odamlarni közga körinmas “duşman”lardan himoya qilardi. Sababi, xonadon devorlari şu darajada yupqa ediki, hatto uydagi şivir-şivir ham qöşniga bemalol eşitilar va bu şaxsiy hayot degan tuşunçaga töğridan töğri daxl qilardi.
Gilam esa bunda tovuş yutgiç vazifasini ötagan. Qolaversa, momiq jundan töqilgan nodir matoh nam va yupqa beton devor oşa taşqaridan sizib kiradigan sovuqdan himoyalovçi vosita ham bölgan. Xullas, köpçiligimizning közimiz örganib ketgan devordagi gilam oddiy dekor emas, balki “quloq” va ayozdan uy egasini himoyalovçi omil ham bölgan...
Albatta, siz uşbu kontekst orqali nimaga işora qilinayotganini yaxşi tuşunib turibsiz. Ha, masalaga çuqurroq yondaşsangiz, bu safarbarliklardan maqsad inson baxtu saodatidan köra köproq hukmron ğoyaga sadoqat körsatiş bölganini anglaysiz. Qolaversa, ikki qutbli dunyoda sotsializm va kapitalizm örtasidagi tizimlararo raqobat ham köp közböyamaçiliklarga “doya” bölgan. Biroq tarixni qarasangiz, katta siyosatda bu tajriba ançadan buyon maşhur amaliyot ekanini körişingiz mumkin.
VII
Siyosatçilar tilida “Potyomkin qişloqlari” degan uçqur ibora bor. Uning kelib çiqişi Çor Rossiyasi tarixi bilan boğliq. 1783-yili Qrim rasmiy ravişda imperiya tarkibiga qöşib olingaç, imperatritsa Yekaterina II yangi periferiyalar bilan tanişiş maqsadida mamlakat janubiga yöl oladi. Yöl-yölakay foytun tuynugidan boqarkan, u ötlab yurgan zotdor mollar podasi, otlar uyuri, piçan ğaramlari yoniga taxlangan möl hosil — don töla qoplarni, dalalarda esa közlarida baxt uçquni çaqnab turgan, bilaklari kuç-ğayratga töla erkagu ayollar, balalayka sadosi ostida şodon qiyqirişib raqsga tuşayotgan yoşlarni körib quvonadi. Tabiiyki, tökinlik va faroğatçilikni ifodalovçi bu manzara uni zavqlantirgan...
Biroq bularning barçasi illyuziya — hazrati oliyalarining kayfiyatini çoğ qiliş, qolaversa, xorijlik “döst”larning hayratini oşiriş uçun öylab topilgan nayrang edi: qoş qorayib karvon tunaş uçun töxtagan mahal “şodumonlik kartinasi” — uyurdagi otlar, mol-holu don örniga qum bilan töldirilgan qoplar va mehnat qilayotgan başang kiyimli “qişloq odamlari” ustalik bilan yangi manzillar böylab “joylaştirilardi”...
Bu ajabtovur hangomaning muallifi esa knyaz G.Potyomkin edi... Şubhasiz, buni safarda podşoga hamrohlik qilgan ziyrak elçilar sezişgan. Va ayni hodisa “Potyomkin qişloqlari” atamasining paydo bölişiga, uning soxta faroğatçilik, közböyamaçilikni ustamonlik bilan ifodalovçi badiiy vosita — metaforik obrazga aylanişiga turtki bergan. Albatta, gap hozir bu voqea bölgan yo bölmaganida emas, balki uşbu qoçirim oradan uç yuz yilga yaqin vaqt ötib ham öz konstanta — asl qiymati va badiiy ifoda kölamini yöqotmay qolayotganida.
Xarakteriga köra, öta elitar bölgan uşbu kinoya bugun ham xalqaro siyosiy doiralarda juda keng va faol qöllanilayotgan ekan, demak, bu tajriba mudom “isteʼmol”dan çiqmagan. Bunga bir misolni sobiq ittifoq yillari keçgan hayotimizdan keltirdim. Biroq siyosiy qadriyatlar ança yaşovçan böladi deganlaridek, eski zamondagi “illyuziyaga işqibozlik” istiqloldan keyingi davrga ham köçib ötdi. Katta yöllar, ayniqsa, mehmonlarning közi tuşişi mumkin bölgan kengliklar bir xil tusdagi “tipovoy loyiha”larga töldirildi va bu “izçil islohot” yangi hayot tarzi sifatida jamiyatga taqdim etildi. Bundan taşqari, biz keng va yaydoq dalalar bağrida ikki-uç qavatli öquv binolari, vraçlik punktlari, madaniyat maskanlari qad kötarişiga ham hayron bölmay qoldik. Çunki 10-20 çaqirim atrofda odam yaşamaydigan bunday maskanlar mehmonlar ötadigan katta trassalardan juda ravşan közga taşlanib turişini yaxşi anglardik...
Mayli, qoçiriq öz yöliga. Biroq real fakt şu ediki, bu işlar xuddi yaraning ustini doka bilan bekitişdek bir gap, yaʼni nari borsa, zaxm közni çalğitib turardi...
Bu boradagi mutlaqo şaxsiy bölgan fikrimni oçiq aytaman, ayni konsepsiya ötgan davr ijtimoiy siyosatining yutuği bölişi mumkin edi. Çunki niyat, yönaliş bor edi. Ammo bizga ayon va noayon turli sabablar uşbu dasturni ötgan maʼmuriyatning “ijtimoiy-siyosiy vitrina”siga aylantirib qöydi.
Hozir esa sarlavha, aniqroği, asosiy planga çiqarilgan söz — “Inqilob” haqida qisqaça gapirmoqçimiz. Zotan, bugun bunga zarurat bor. Bizning kolonial, postkolonial va dekolonial uçburçak içidagi tafakkur tarzimizni tahlil qilişda ayni terminga “munosabatimiz” ijtimoiy hodisa sifatida muhim örin tutadi.
VIII
Oçiq aytganda, “inqilob” söziga bizda uzoq yillar muxolif atamadek qaralgan. Garçi rasmiy tösiq bölmasa-da, ayniqsa, siyosiy diskursda bu kalima (bir-ikkita istisnolarni hisobga olmaganda) elitar narrativ va irod qilinadigan nutqlarda deyarli uçramasdi. Şuningdek, jamoatçilik orasida ham uni qöllaş va işlatişda hadik bor edi. Va ehtimolki, ayni sabablar uni özining polisemantik xususiyatini yöqotib, yakka maʼnoli “ot”ga aylanib qolişiga olib keldi. Masalan, sovetlar zamonida uşbu istilohga faqat bir örinda — “Qizil oktyabr”ga nisbatan murojaat qiliş keng istiqbolli sanalardi: kökrakni töldirib, “Buyuk Oktyabr inqilobi” deyiş sovet grajdanida nafaqat maʼnaviy-mafkuraviy yetuklikni, balki tuzumga bölgan sadoqatni ham anglatardi.
Albatta, bu tuşunarli. Biroq oradan vaqtlar ötdi, eʼtiqod va qaraşlar özgardi hamki “Inqilob” xoh yozma, xoh oğzaki nutqlarda bölsin, favqulodda “ommalaşib” ketmadi, balki isteʼmol doirasi yanada torayib, özining “tektonik” xususiyatini saqlab qoldi. Bir söz bilan aytganda, mustamlakaçilik madaniyati va siyosiy muhitida “toblangan” bu söz erkinlik va mustaqillik zamonlariga ham öz merosi bilan “köçib” ötdi. Ayniqsa, it egasini tanimay qolgan ötgan asrning 80-yillaridagi “qayta quriş va oşkoralik” hamda 90-yillardagi “milliy turğunlik” zamonlarida u badniyatli va hukmron siyosatga yot kayfiyatli odamlar işlatadigan buzmakor söz(tuşunça)dek malakalandi...
Biroq xatolik sözda edimi yoki bizning siyosiy madaniyatimiz va tafakkurimizda?!
Mohiyatan öta ritorik bölgan uşbu savol, yuqorida aytganimizdek, jamiyatimiz, turmuşimiz va ongimizda bugun keçayotgan özgarişlarga javob qidirişga çorlaşi bilan ham nihoyatda qiymatli deb öylayman. Yopiq jamiyat va biqiq muhit nafaqat insonni, balki sözlar va tuyğularni ham jilovlagan davrlarni kördik. Misol uçun bugun anglayapmizki, hozir muhokama qilayotganimiz terminning yondoşi faqat “Oktyabr” yoki “buzğunçilik” emas ekan.
Özi umuman, izohli luğatlarda inqilob (arabça — özgariş) söziga şunday taʼrif berilgan: 1. ...jamiyat hayoti va uning sohalarida böladigan özgariş, tubdan özgariş. 2. Bir ijtimoiy tuzumni boşqasi bilan almaştiriş orqali böladigan özgariş; töntariş...
Biz uzoq vaqt mobaynida uşbu tasnifning faqat ikkinçisini qabul qildik. Birinçi tuşunçaga tayanib yaşaş, hayotimizni şu maslak atrofida barpo qilişga siyosiy irodamiz ham, kuç-qudratimiz ham yetmadi, menimça. Masalan, “yangi uy qurmay eskisini buzma” deganga öxşaş şiorlar, (şiorlar bizda alohida tadqiq etişga arziydigan mavzu) sizningça, nimaga işora qilar edi?! Ha, u tizimni özgartirmay, eskiligiça saqlab qolişni nazarda tutardi. Bunday şaroitda, albatta, har qanday inqilob haqida gapiriş nafaqat yoqimsiz, balki favqulodda xavfli edi. Çunki qalbimizdagi “qurmay turib buzmaslik” istagi öta skepsis — şubhali ekanini özimiz ham sezib turardik.
Favqulodda bu anglov esa uning ortidan yana boşqa gajakdor şiorlar töqişga bizni majburladi. Çunki içimizdagi şubha keng yoyilib ketmasligi, oşkor bölmasligi kerak edi. Uşbu mulohazani oddiy misol bilan şarhlab beradigan bölsam, masalan, “...kelajagi buyuk davlat” degan xitob bilan “Xalqimiz bugun baxtli yaşaşi kerak” orasida juda katta va öta nozik tafovut borligini körişimiz mumkin.
Xullas, inqilob istilohining “ozod” etilişi va keng isteʼmolga kirişiga endilikda tarixiy zarurat bor. Agar siz bugun Şavkat Mirziyoyev amalga oşirayotgan buyuk özgarişlarni bundan-da çuqurroq ifodalab bera oladigan boşqa bir atama topsangiz, men bunga roziman. Zotan, men ilgari mumkin bölmagan, iloji yöq deb qaralgan imkoniyatlarning birpasda oddiy hodisaga aylanib qolişining özi ham qaysidir maʼnoda inqilob belgisi deb öylayman. Va yana sözlar, tuşunçalar va tuyğularga yangiça mazmun baxş etiş ham bir INQILOBDIR! Keçagina yoppasiga oğzi tikilgan jamiyatning “tilga kirişi” ham ayni hodisaning özginasidir...
IX
Katta işlarning şovqini ham, dovruği ham öziga yaraşa böladi. Şu maʼnoda gapiradigan bölsak, bugun uşbu siyosatni tuşunayotganlar ham, tuşunmasdan yoki jörttaga oyoq tirab talaşayotganlar ham topiladi. Baʼzan Şavkat Mirziyoyev nima uçun poytaxtda bunça köp uylar, bu ham yetmaganday, butun bir yangi şahar quryapti, nega viloyatlar markazlarida “Yangi Özbekiston” massivlarini barpo etayotir — bu yon-atrofga özini körsatiş — siyosiy populizm emasmi deydiganlar ham yöq emas oramizda.
Bunday kişilarni yaxşi tuşunaman va bundan xafa bölişning keragi ham yöq. Men, garçi Prezidentimiz heç qayerda oçiq-oşkora aytmagan bölsalar-da, qalblaridagi orzu-istakni juda yaxşi bilaman. Mening xalqim bu yoruğ dunyoda heç kimdan kam emas, biz jahonga maʼrifat, davlatçilik anʼanalarini örgatgan xalqmiz va bundan keyin ham saflarning boşida bölişimiz kerak degan uluğ ğoya u kişining qalbini mudom çöğlantirib turadi.
Zamonaviy uylar, köçayu xiyobonlar bugun nafaqat şaharu qişloqlarimiz körkini, balki odamlarimiz tafakkurini ham özgartirayotganini barçamiz juda yaxşi anglab turibmiz. Birgina “Yangi Toşkent”ning qurilişi qançadan-qança muammoga yeçimligini, davlatçilikni yangi özanga soliş, erkin va ozod millat yaratiş yölidagi inqilobiy harakat ekani haqida hali tarix öz sözini aytişiga işonaman.
Ötmişga qarasangiz, ulusni bir muştdek jamlagan, davlatini öz azmu şijoati bilan qudratli qilgan sultonlar unça köp emas. Ulardan uşbu taʼrifga eng munosiblaridan biri Sohibqiron Temur edi. Umrining katta qismi ot ustida ötgan Temur el maʼmurçiligi, yaratuvçilik borasida nafaqat milliy tariximiz, balki kişilik jamiyatida öçmas iz qoldirgan jahongirlardan biridir. Bugun insoniyat tan oladigan “Temuriylar davri renessansi” aynan Sohibqiron porloq şaxsiyatining mevasi edi. Samarqandni “yer yuzining sayqali” qiliş iştiyoqi ham aynan u kişining yuragini çöğdek qizdirgan va bu iş uçun u öz poytaxtiga jahonning eng mohir meʼmorlari, ustalarini jamlagan edi.
Xalqimizda “Oqqan daryo oqmay qolmas” degan hikmat bor. Uning maʼnosini barçamiz yaxşi tuşunamiz. Hozir Amir Temur şaxsiyati haqida sözlay turib, xayolimda uşbu naqlga maʼnodoş yana bir fikr boş kötardi: millatning toleidagi çöğ kömilişi, qöri qaytişi mumkin, ammo heç qaçon batamom sönmaydi. Vaqt kelib, bu olovni yuragi Vatan va Xalq işqida yonadigan yovqur bir farzand kelib, yana alangalatadi.
Bugun nafaqat poytaxt, balki mamlakatimizning barça göşalarida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarini körib, odam tarixning uluğ murabbiy ekaniga yana bir bor işonç hosil qiladi. Masalan, birgina “Yangi Toşkent” orzusi global dunyoda tan olingan Dubay, Seul, Syurix, Kopengagen, Şanxay kabi faqatgina postindustrial yoki “yangi urbanistik sivilizatsiya markazi” emas, balki yuzlab yillar mustamlakaçilik azoblarini körgan, özini, özligini deyarli yöqotib qöyayozgan Vatanimiz va Millatimiz şaʼni, or-nomusini oyoqqa qöyiş, ötmişda buyuk bölgan xalqimizning şonu şuhratini qayta tiklaşga qaratilgan jasoratli qadam ekani bilan ğoyatda ahamiyatlidir. Va Prezidentimiz muhtaram Şavkat Mirziyoyev qalbidagi ayni mardonavorlik, millatparvarlik hamda vatanparvarlik yuragimni çeksiz ğurur va iftixorga töldiradi.
Biz mudom Siz bilanmiz, Mening Prezidentim, deya faxrlanamiz!
Qudratilla RAFIQOV,
siyosatşunos
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati
