Bir qator xorijiy va xalqaro ekspertlarning shu mazmundagi e'tiroflari bilan "Narodnoe slovo" gazetasining 2020 yil 23 may sonida e'lon qilingan "Толерантность и согласие – сильные стороны Узбекистана" sarlavhasi ostida chop etilgan intervyular turkumi orqali tanishish mumkin.
Ma'lumki, yaqinda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2018 yil 4 maydagi Qo'shma qarori bilan tasdiqlangan din va e'tiqod erkinligini ta'minlash, sohadagi taklif va tavsiyalarni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan parlament eshituvi o'tkazildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferentsiya tarzida bo'lib o'tgan parlament eshituvida O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik vakolatxonalar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. Ular jamiyatda din va e'tiqod erkinligini ta'minlash, milliy va diiiy totuvlik, millatlararo hamda dinlararo hamjihatlik va bag'rikenglikning ahamiyati haqida o'z fikrlarini bildirdilar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 23.05.2020
- Ko'rishlar: 4322
- Chop etish