O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi 2020 yil iyun` oyida “Pandemiya va inson huquqlari” mavzusida tshkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiyaga taklif etadi.
Mazkur xalqaro konferentsiyada xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, yuridik oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, yosh huquqshunos olimlar, davlat organlari xodimlari, huquqni qo'llash amaliyoti xodimlari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, huquqshunoslik fani bilan aloqador xorijiy tadqiqotchilar qatnashishlari mumkin.
Konferentsiya ishi o'zbek, ingliz va rus tillarida quyidagi sho''balarda olib borilishi rejalashtirilgan:
Pandemiya sharoitlarida xalqaro hamkorlik;
Koronavirus yuqumli kasalligi pandemiyasi sharoitida davlat va jamiyat;
Koronavirus yuqumli kasalligi pandemiyasi va inson huquqlari toifalari;
Koronavirus yuqumli kasalligi tarqalishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatishga doir qonunchilik.
Konferentsiya yakunlari bo'yicha to'plam nashr etish ko'zda tutilgan. Xorijiy nashrga tenglashtiriladigan mazkur to'plamda ilmiy ishlari bilan ishtirok etish istagini ildiruvchilar quyidagi talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan ilmiy maqola va tezislarini o'zbek, ingliz va rus tillaridan birida joriy yilning 10 iyun` kuniga qadar ncpch2@mail.ru elektron manzili orqali yuborishlari so'raladi.
Maqolaga qo'yiladigan asosiy talablar:
Maqolada konferentsiya sektsiyalaridagi mavzulardan biri bo'yicha tizimli tahlil hamda yangi nazariy va amaliy takliflar aks etishi;
Matn takrorlarsiz, mantiqiy izchil, bayon qilingan fikrlar aniq, qisqa va lo'nda bo'lishi;
Keltirilayotgan ma'lumotlar ishonchli va to'g'ri bo'lishi;
Matn o'zbek, ingliz yoki rus tillaridan birida taqdim etilishi;
Matn komp`yuterda Microsoft Word dasturining Times New Roman shriftida 14 kattalikda 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog'ozning bir tomonida yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap qismi 3 sm, o'ng qismi 1,5 sm, tepa va pastki qismlari 2 sm bo'lishi;
Maqolada ilmiy bahs-munozara, iqtiboslar mavjud bo'lishi; iqtiboslar 12 kattalikdagi shriftda 1,0 intervalda yozilishi (iqtiboslar tegishli betning pastki qismida keltirilishi);
Maqolaning hajmi 5 betdan 10 betgacha bo'lishi;
Maqolaning birinchi sahifasida muallifning ism-familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari va elektron pochta manzili yozilishi;
9. O'zbek, ingliz va rus tillaridagi qisqacha annotatsiya hamda tayanch so'zlar bo'lishi shart.
IZOH: Maqolalar ncpch2@mail.ru 23042020@proacademy.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi. Maqolaning konferentsiya qaysi sektsiyasiga taalluqli ekanligini maqola
sarlavhasida qo'shimcha ko'rsatish lozim.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 05.06.2020
- Ko'rishlar: 4127
- Chop etish