«Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni sovrindorlari taqdirlandi

4 dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va 10 dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilingan "Inson huquqlari o‘n kunligi" doirasida o‘tkazildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov tadbirni ochar ekan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlariga oid normalar uch barobardan ortiq ko‘payganini alohida ta’kidladi. Mazkur konstitutsiyaviy normalar va O‘zbekiston qo‘shilgan inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunda, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiyani oilada, maktabgacha ta’limda, maktab yoshida, oliy ta’limda, sud va huquqni muhofaza qilish organlari kabi professional institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari orqali uzluksiz davom ettirish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni ayni sohadagi mas’uliyatli ishlarga yelkadosh bo‘layotgan fidoyi yurtdoshlarimiz va xorijiy hamkorlarimizni rag‘batlantirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Taqdirlash marosimida e’lon qilinganidek, 2023 yilda 5 ta nominatsiya – “Inson  huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlar”, “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyat”, “Inson huquqlari targ‘iboti”, “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar”, shuningdek, “Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” yo‘nalishlarida qo‘shgan hissasi uchun 16 nafar nomzod “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga munosib deb topildi. Xususan:

  1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun:
  • Burxonov Kutbiddin Nukritdinovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;
  • Shirinov Djahongir Djabborovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi;
  • Shlimbetov Jenisbay Qurbanbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili;
  • Niyazmetova Gulrux Kuralovna – O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari;
  1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlar faoliyati uchun:
  • “Yuksalish” umummilliy harakati;
  • “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi;

III. Inson huquqlari targ‘iboti bo‘yicha faoliyati uchun:

  •  “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati;
  • KUN.Uz sayti tahririyati;
  • Remko Redding (Niderlandiyalik jurnalist) – tadqiqotchi, yozuvchi va jurnalist, sovet faxriylari jamg‘armasi direktori;
  1. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlari uchun:
  • O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi;
  • Oqyulov Omonboy – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bosh ilmiy hodimi, yuridik fanlar doktori, professor;
  • Bakayeva Farida Xadjmuratovna – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi sobiq bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi;
  1. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun:
  •  Martin Chungong – Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi;
  •  Janni Magazenni – BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi UPR bo‘limining sobiq boshlig‘i, UPR-Info Boshqaruvi a’zosi;
  • Baxtiyor Rayisovich Tuzmuxamedov – BMT Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi rais o‘rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, professor.

 Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Sovrindorlar nomidan so‘zga chiqqan xalqaro va milliy tashkilotlar, ilmiy-ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari minnatdorchilik izhor etib, O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlariga qat’iy va sidqidildan amal qilib kelayotganini e’tirof etdilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

UzDaily.uz

O‘zA

Maktabgacha ta'lim vazirligi Telegram kanali

Powered by GSpeech