Inson huquqlari va siyosatshunoslik

19-aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan birgalikda  Akademiyaning bakalavriat bosqichi talabalari uchun debat-klublarga start berildi. Tegishli sohalar mutaxassislari ishtirokidagi ushbu tizimli tadbirlar o‘quv, ilmiy-amaliy va axborot-ma’rifiy yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Debat-klubning ilk muloqoti “Inson huquqlari va siyosatshunoslik” mavzusiga bag‘ishlandi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov tadbirni ochib berar ekan, ilmiy odobga asoslangan bunday ma’rifiy munozaralar talabalarning yuridik sohadagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Ishtirokchilar bu kabi to‘garaklarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyatiga yuqori baho berdilar. Debat-klub doirasidagi ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlikda o‘zlashtirishlarida qo‘l kelishiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech