19-aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Milliy markazi tayanch doktoranti Shahlo Safarovaga 12.00.13 – “Inson huquqlari” ixtisosligi bo‘yicha bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olganlik haqidagi diplomni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va kengaytirish borasida izchil ishlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Bu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar bilan o‘zaro hamkorlik yaxshi qo‘yilgani ta’kidlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 20.04.2024
- Ko'rishlar: 1666
- Chop etish