Yangi O‘zbekiston – xorijliklar nigohida

Erve Juvin: Madaniyatlar va sivilizatsiyalar muloqotida yangi yo‘l topishimiz kerak (+video)

Erve Jyuven, Yevropa parlamenti a’zosi:

– Bu O‘zbekistonga birinchi kelishim. Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat respublika, balki mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishi uchun muhim tadbirligiga guvoh bo‘ldim.

Forumda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘plab aniq dalillar keltirildi. Sessiyalarda ham muhim, qiziqarli masalalar ko‘tarildi. Xususan, madaniyat va sivilizatsiyalarga hurmat, xalq manfaatini hisobga olgan holda xalqaro munosabatlar va savdoda ishonchni saqlash kabi mavzular e’tiborimni tortdi.

“Buyuk ipak yo‘lining tiklanishi” nomli davra suhbatida shaxsan ishtirok etdim. So‘nggi 2000-yil ichida G‘arbiy Xitoy va Sharqiy Yevropa o‘rtasida Ipak yo‘li barpo etgan qadimgi savdogarlar, tadqiqotchilar haqida juda qiziqarli ma’ruzalarni qiziqish bilan tingladim. Tinchlikni saqlash, sivilizatsiyalar madaniyatini hurmat qilish, boshqa davlatlar ichki siyosatiga aralashmaslik, mustamlaka qilishga urinmaslik, xalqlarning bir-birini hurmat qilishi kerakligi haqida faktlar barqaror xalqaro hamkorlik uchun juda muhim.

Biz globallashuvga yangi turtki berishimiz kerak, madaniyatlar, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotda, birinchi navbatda, o‘zaro hurmatga asoslangan yangi yo‘l topishimiz kerak. Tushunmovchilikdan qochish lozim. Ayni fikrlarni sessiyadagi ma’ruzamda ham keltirdim.

Tadbir turli mavzularni qamrab oldi. Butun dunyodan ishbilarmon doira vakillari har tomonlama hamkorlik bo‘yicha samarali, foydali kelishuvlarga erishdi.

Go‘zal Sattorova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Powered by GSpeech