Kelgusi haftada Samarqand shahrida Osiyo xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur forumga xalqaro miqyosda qiziqish juda katta bo‘lmoqda.
Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari, xotin-qizlar jamiyatlari uyushmasi Boshqaruv kengashi a’zosi Hiyla Hammad al-Makaimi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
– Prezident Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bu ajoyib tashabbus edi va biz ham buni qo‘llab-quvvatladik.
Ushbu forumning asosiy maqsadi ayollarning imkoniyatlarini iqtisodiy darajada kengaytirish, shuningdek, seminarlar yoki ta’lim va treninglar orqali uning imkoniyatlarini oshirishdir.
Ushbu forumda tajriba almashishdan boshlab, gender tengligi, ayollar va bolalarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish kabi ayollar huquqlarini kengaytirishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Quvayt Xotin-qizlar uyushmasi uchun ushbu konferensiyada ishtirok etish juda muhim. Mazkur ittifoqning asosiy maqsadi va asosiy yo‘nalishi Quvayt ayollari, ularning ishlari va yutuqlarini xalqaro miqyosda namoyish etishdir.
Bu turdagi forumda xalqaro faoliyatga e’tibor qaratish mintaqa ayollari uchun, Quvayt ayollariga tajriba almashish va xalqaro tarmoqni kuchaytirish uchun muhim maydon va imkoniyat bo‘ladi.
N.Abduraimova,
O‘zA
- Qo'shildi: 10.05.2024
- Ko'rishlar: 1367
- Chop etish