Ayumi Mur Aoki: O‘zbekiston hukumatining ayollarga bo‘lgan yuksak e’tiboriga shaxsan guvoh bo‘lganimdan mamnunman

Samarqand shahrida o‘z ishini davom ettirayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida ishtirok etgan "Women in Tech" xalqaro tashkiloti asoschisi Ayumi Mur Aoki O‘zbekiston barcha yangi tashabbus va innovatsiyalarni o‘zida keng qo‘llayotganini qayd etdi. O‘zbekiston xotin-qizlari ham shunga mutanosib ravishda zamonaviy kasblarni egallashga yuqori darajada intilmoqda.

– Biz ushbu jarayonning bir qismiga aylanishga intilyapmiz va jamiyatda xotin-qizlarning zamonaviy fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga ko‘maklashyapmiz, – dedi A.Aoki. – "Women in Tech" tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygani ham mamlakatingizga nisbatan xalqaro miqyosdagi qiziqishning ortib borayotganidan dalolat beradi.  

O‘zbekiston innovatsiyalar va yangilikka moslashuvchanlik, ochiqlik bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida namuna bo‘lmoqda. Osiyo xotin-qizlari forumida ishtirok etayotganimdan va O‘zbekiston hukumatining ayollarga bo‘lgan yuksak e’tiboriga shaxsan guvoh bo‘lganimdan mamnunman.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA

Powered by GSpeech