Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong janoblari:
Avvalambor, meni Samarqand shahridagi ushbu forumga taklif qilganingiz uchun minnatdorman. Janob prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan forumni qo‘llab-quvvatlayman.
Biz faqatgina birgalikda jamiyatdagi har bir insonning haq-huquqlarini ta’minlay olamiz. Anjumanda mintaqaning yetakchi ayollari qatnashayotgani juda quvonarli.
Ular gender muammolarini bartaraf etishga oid qator g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishmoqda. Konferensiyadan katta natijalarni, xususan gender tengligi bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasining imzolanishini kutyapmiz.
Hujjatda belgilangan bandlarni amalga oshirishga bor imkoniyatimizni safarbar etamiz. BMT ning barqaror rivojlanish maqsadlari, jumladan gender tengligini ta’minlashda ushbu tadbirning o‘rni katta deb bilaman.
Mazkur muloqotni har ikki yilda o‘tkazish g‘oyasini men faqatgina qo‘llab-quvvatlayman.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
- Qo'shildi: 14.05.2024
- Ko'rishlar: 1560
- Chop etish