13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov bilan G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori Q.Abdurahmonov Toshkent viloyatidagi Zangiota ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.
Bu yerda mehmonlar bilan yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Akmal Saidov va Qalandar Abdurahmonov mustaqillik davrida, ayniqsa, keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda ilm-fan rivoji buyuk ajdodlarimiz asos solgan shonli an’analarga uyg‘un ravishda yangi va yuksak bosqichga olib chiqilayotgani haqida so‘z yuritdilar.
Uchrashuvda yetakchi olimlar, iste’dodli yosh ilmiy xodimlarning faoliyati va ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ilm-fan namoyandalarining obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish doimo davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘lib kelayotgani e’tirof etildi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, "Bilimli odam – e’tiqodli bo‘ladi". Shuning uchun o‘quvchilar har tomonlama chuqur bilim olish va ilm-fan cho‘qqilarini egallashga hozirdanoq astoydil kirishsa, natija ham shunga yarasha sermahsul bo‘lishi ta’kidlandi.
Har ikki akademik maktab kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 15.05.2024
- Ko'rishlar: 1484
- Chop etish