22 may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
Yurtimizda ekologik muhitni sof saqlash, tabiat resurslariga to‘g‘ri yondashib, bugunimiz va kelajagimiz uchun zamin yaratish bo‘yicha qilinayotgan tashabbusli loyihalar ko‘paymoqda. Bu jarayonda esa har birimiz mahalliy ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, tabiatni muhofaza qilish, daraxt ekish va tabiiy resurslarni asrashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etib, biologik xilma-xillikni asrashga hissa qo‘shishimiz mumkin.
22 may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni. Bu kun Birlashgan Millatlar Tashkiloti assambleyasi tomonidan 1995 yilda Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya asosida konferensiya ishtirokchilari tavsiyasiga ko‘ra maxsus rezolyutsiyada e’lon qilingan. Shu bois turli shior orqali ushbu sana nishonlab boriladi. Bu yilgi shior hukumatlarni, hamjamiyatlarni, nodavlat tashkilotlarni, tadbirkorlar va jismoniy shaxslarni Biologik xilma-xillik rejasini qanday qo‘llab-quvvatlayotganliklari bilan bo‘lishishga undash uchun global harakatga chaqiruvdir.
Eslatib o‘tish lozimki, biologik xilma-xillik ekotizim jarayonlarini saqlash va insoniyat uchun hayotiy resurslarni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
A.RUSTAMOV,
O‘zA
- Qo'shildi: 22.05.2024
- Ko'rishlar: 1429
- Chop etish