2024-yil 22-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida yuridik fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanishi masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalari hamda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari professor Muzaffarjon Mamasidiqov, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari professor Mirzatillo Tillabayev, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori professor Murodjon Turg‘unov o‘z ma’ruzalarida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil axborot berishdi.
Strategiyada jami 100 ta maqsad, 369 ta chora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli ko‘rsatkich bajarilishi va bu borada 118 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning doirasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, yoshlarga oid davlat siyosati va sportni ommalashtirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha islohotlarda inson, insonning qadri, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Davra suhbati davomida yuridik soha bo‘yicha ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatlari haqida batafsil savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 27.05.2024
- Ko'rishlar: 1318
- Chop etish