Akademik Akmal Saidov raqamli qonunchilik bo‘yicha Sankt-Peterburg xalqaro anjumanida so‘zga chiqdi

27-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida XII Peterburg xalqaro yuridik forumi doirasida o‘tkazilgan xalqaro anjuman “Raqamli kodeks: istiqbol va ehtimoliy xatarlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti tomonidan tashkil etildi.

Forumga Rossiya Fanlar akademiyasi prezidentining  o‘rinbosari, Rossiya Hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti direktori akademik Taliya Xabriyeva moderatorlik qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov anjumanda so‘zga chiqdi. Forum ishtirokchilari e’tiboriga O‘zbekistonning axborotga oid va raqamli qonunchilikni kodekslashtirish, jumladan Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish borasidagi tajribasi taqdim etildi.

Akademik A.Saidov raqamli kodeks istiqboli haqida fikr yuritar ekan, shuningdek, huquq fani nazariyalariga, jumladan, kodekslashtirish sohasidagi nazariy qoidalarga murojaat qilish muhimligini ta’kidladi. O‘zbek huquqshunos olimining fikricha, axborot texnologiyalari va axborotga oid qonunchilikni tizimlashtirishda bu borada qo‘llaniladigan tushunchalar turkumini uyg‘unlashtirishga bo‘lgan talab zaruriy va dolzarb hisoblanadi. 

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Powered by GSpeech