Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Termizda inson huquqlari sohasidagi ta’lim sifatini monitoring qilish boshlandi

1-iyul kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarida monitoring boshlandi. Bunda “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” fanlarini o‘qitish sifati bo‘yicha mavjud holat o‘rganilmoqda.

Monitoring Prezidentimizning 2023-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Nashr sanasi 01.07.2024 Ko'rishlar 5 537
Ulashish