O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan mamlakatimizning bir guruh faol mehnat faxriylari «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofotlangan faxriylar ro‘yxati «Nuroniy» gazetasining 2024-yil 28-iyundagi maxsus sonida e’lon qilindi.
«Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar safida Milliy markaz faxriylari Vitaliy Kan, Gulbahor Abdullayeva va Rustam Husanov ham bor.
Fursatdan foydalanib, hurmatli nuroniylarimizni Milliy markaz jamoasi nomidan tabriklaymiz!
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 10.07.2024
- Ko'rishlar: 1560
- Chop etish