Senator inson huquqlari bo‘yicha tashkil qilingan seminarda ishtirok etdi

O‘tgan haftada Toshkent viloyatida vazirlik va davlat idoralari masʼul xodimlari uchun “Inson huquqlari bo‘yicha barcha mexanizmlar tavsiyalarini bajarish yuzasidan hisobot berish va kelgusi choralar bo‘yicha milliy mexanizmni mustahkamlash, shu jumladan, Tavsiyalarni kuzatish bo‘yicha milliy maʼlumotlar bazasidan foydalanish to‘g‘risida” seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, yigirmaga yaqin davlat tashkilotlari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Bola huquqlari bo‘yicha vakil instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Muhokama doirasida Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida doimiy tarzda ishlovchi senator Gulnora Marufova o‘z maʼruzasida BMT shartnomaviy qo‘mitalari yakuniy xulosalarini hamda milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, qabul qilish va monitoring qilishda parlamentning tutgan o‘rni borasida batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

Seminar yakunida Inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarni kuzatish bo‘yicha milliy maʼlumotlar bazasini to‘liq ishga tushirish, universal davriy hisobot doirasida O‘zbekistonning To‘rtinchi milliy maʼruzasi ko‘rib chiqilishi yakunlari yuzasidan har 6 oyda umumlashtirilgan hisobot taqdim qilish taklifi ham ko‘rib chiqildi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISI SENATI

Powered by GSpeech