Kecha, 29-iyul kuni Bolalar ombudsmani Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati doimiy qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashdi.
Aytish kerakki, Xitoy Xalq Respublikasida so‘nggi yillarda bola huquqlarini ta’minlashga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar oyida bu mamlakatda bolalar va o‘smirlarni internet makonida himoya qilishga oid yangi qonun hujjatlari qabul qilingan.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bola huquqlari himoyasi sohasida amalga oshirilgan institutsional va huquqiy islohotlar muhokama qilindi.
Xitoy delegatsiyasi a’zolari Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili faoliyatiga alohida qiziqish bildirib, uning tayanch yo‘nalishlari va vakolatlari borasida qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida inson huquqlari sohasidagi konstruktiv hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishildi.
Bolalar ombudsmani rasmiy Telegram-kanali
- Qo'shildi: 30.07.2024
- Ko'rishlar: 1054
- Chop etish