AOKAda o‘tkazilgan brifingda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz axborot xizmati rahbari G‘ulom Mirzayev 2024-yil birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston ilk marotaba 2025-2027-yillar uchun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining Ma’muriy kengashiga a’zo etib saylandi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiya doirasida o‘tgan davrda 5 ta qonun, Prezidentning 6 ta farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 6 ta qarori qabul qilindi.
Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan inson huquqlari bo‘yicha 4 ta Milliy harakatlar rejasining ijrosi monitoring qilib borildi.
Jeneva shahrida 22-mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi doirasida Universal davriy hisobot bo‘yicha O‘zbekistonning to‘rtinchi milliy hisoboti tasdiqlandi. Mamlakatimiz Universal davriy hisobot tavsiyalarini muntazam bajarib kelmoqda.
Monitoring tadbirlari Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni saqlash muassasalari – jami 21 ta muassasada ham o‘tkazildi.
Milliy markazga kelib tushgan 712 ta murojaat ko‘rib chiqildi, 350 nafardan ortiq fuqaro qabul qilindi. Telefon orqali murojaat qilgan 1 ming 650 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.
O‘tgan davrda jami 40 ta normativ-huquqiy hujjat ekspertizaga tortildi.
Rasmiy xabarlar
- Qo'shildi: 31.07.2024
- Ko'rishlar: 1229
- Chop etish