Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Szyango boshchiligidagi delegatsiya Bosh prokuraturaga tashrif buyurdi

Bugun, Inson huquqlarini o‘rganish bo‘yicha Xitoy jamiyati doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Szyango boshchiligidagi delegatsiya Bosh prokuraturaga tashrif buyurdi.

 

Uchrashuvda Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artikova tomonidan delegatsiya vakillariga mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

 

Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlarda “Inson qadri uchun” tamoyili bosh mezon bo‘lib xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

 

Shu kabi, so‘nggi yillarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolatlari, ayollar huquqlarini himoya qilish tizimi yangi darajaga chiqqanligi, mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan siyosat hamda xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, tomonlar mamlakatda korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tanishtirildi.

 

Delegatsiya vakillari tomonidan mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar ijobiy baholandi.

 

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv muloqot tarzida o‘tdi.

 

Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратурасининг расмий Телеграм-канали

Powered by GSpeech