Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar 2024-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar http://daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga quyidagi hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi:
Talabgorlar tayanch doktoranturaga (Phd):
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari; (talabgorning dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi zarur)
– pasport nusxasi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi; (mavjud bo‘lsa)
– V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat. (O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar https://lex.uz/docs/6943986)
Talabgorlar doktoranturaga (DSc):
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumot;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
– ish joyidan tavsifnoma;
– pasport nusxasi;
– ilmiy yutuqlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi);
– V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat. (O‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar https://lex.uz/docs/6943986)
Manzil: Toshkent shahri, 100029, Islom Karimov ko‘chasi, 15 – uy
Murojat uchun telefon: 71-239-48-06
- Qo'shildi: 30.08.2024
- Ko'rishlar: 1018
- Chop etish