Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 163-umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun «O‘zbekiston – Vatanim manim!» mavzusida o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlarini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi muassisligidagi «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnali tahririyati xodimlari olib bordi. Ochiq dars davomida tahririyat xodimlari o‘quvchilarga davlat ramzlari, Konstitutsiya to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek,
o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, o‘zaro savol-javob o‘tkazildi.
– Menga ochiq dars juda yoqdi. Davlat ramzlari, Bosh Qomusimizga oid bilimlarga ega bo‘ldim. Qolaversa, ularga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini ham bilib oldim, – deydi 3-«A» sinf o‘quvchisi Umid Isroilov.
Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga 70 dan ortiq huquqiy kitob va jurnallar hamda o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ziyodulla HAMIDULLAYEV
“Tong yulduzi” gazetasi muxbiri
- Qo'shildi: 18.11.2024
- Ko'rishlar: 675
- Chop etish