19-noyabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlaridan iborat Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi monitoring faoliyati davom ettirildi.
Mamlakatimizda insonning munosib uy-joyga ega bo‘lish huquqi uning boshqa iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish orqali to‘liq ta’minlangan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, ishchi guruh viloyatning Rishton va Farg‘ona tumanlarida yangi qurilgan massivlarga ko‘chib o‘tgan fuqarolarning ta’lim olish, dam olish va tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlari bilan ta’minlanish holatini o‘rganish maqsadida maktab va oilaviy poliklinikalarni ko‘zdan kechirdi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan aholining xususiy mulk va turar-joy daxlsizligi hamda munosib uy-joyga ega bo‘lish huquqi bo‘yicha xabardorligini oshirish yuzasidan joyning o‘zida tushuntirishlar berildi.
Monitoring tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-mayda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi”da belgilangan tegishli vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 19.11.2024
- Ko'rishlar: 677
- Chop etish