19-noyabr kuni “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” mavzuidagi Milliy tanlov hakamlar hay’atining yig‘ilishi bo‘ldi.
Ushbu tanlov Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida, shuningdek, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaning 45-yilligi, Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning 40-yilligi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 35-yilligi doirasida tashkil etilmoqda. U inson huquqlari va erkinliklarini ilgari surish hamda inson huquqlari sohsidagi ta’limning ahamiyatini oshirishga bag‘ishlangan.
Yig‘ilishda Milliy tanlovga kelib tushgan materiallar ko‘rib chiqildi. Hakamlar hay’atining yakdil qarori bilan tegishli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Hakamlar hay’ati fikricha, bu yilgi tanlovga yuborilgan ishlar inson huquqlariga oid turli mavzularni qamrab olgan. Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning sifati va innovatsion yondashuvlari alohida e’tirofga loyiq.
G‘oliblarni taqdirlash marosimini dekabr oyida – Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida o‘tkazish belgilandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 21.11.2024
- Ko'rishlar: 710
- Chop etish