Murodjon TURG‘UNOV – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori:
– “Inson huquqlari uyi” ochilishi marosimining o‘tkazilishi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 10-dekabr – Inson huquqlari xalqaro kuni timsolidagi ikkita muhim sanaga bag‘ishlanganini alohida ta’kidlamoqchiman.
Bu sermazmun tadbirda inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targ‘ib qilish bilan bog‘liq faoliyat yuritadigan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari ishtirok etganligi tantanali yig‘ilishga alohida g‘ayrat va shukuh baxsh etdi.
Inson huquqlari – barqarorlik, tinchlik va adolat ramzidir. Uning asosiy va poydevor unsurlari mamlakatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida mustahkamlangan.
Shu ma’noda, mamlakatimizda yagona bo‘lgan “Inson huquqlari uyi”ning ochilishi barcha fuqarolar, tadqiqotchilar, mutaxassislar uchun yangi bilimlar eshigini ochib beradi. Ushbu ma’rifat maskani kitobxonlar eng yangi va kreativ adabiyotlar bilan tanishib, inson huquqlariga oid ilg‘or qarashlardan bahramand bo‘lishlariga zamin yaratishiga aminmiz.
Yanada muhimi, “Inson huquqlari uyi” jamiyatimizda inson huquqlarini samarali himoya qilishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga to‘liq ishonamiz.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 04.12.2024
- Ko'rishlar: 519
- Chop etish