5-dekabr kuni Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasi har qachongidan ham gavjum bo‘ldi. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya ko‘chasi”ga asos solindi.
Ushbu tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 17-oktyabrdagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi” doirasida tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi yetakchi davlat tashkilotlari qatori Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham faol ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.12.2024
- Ko'rishlar: 428
- Chop etish