Poytaxtimiz markazidagi “Konstitutsiya ko‘chasi”da Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Konstitutsiyaga oid kitob va jurnallari ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Milliy markazning Sayilgoh ko‘chasidagi “Konstitutsiya burchagi”dan 50 dan ortiq nomdagi huquqiy adabiyot hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining 30 dan ortiq nusxasi o‘rin oldi.
Kitob va jurnal peshtaxtalari atrofi Konstitutsiya hamda inson huquqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali bannerlar bilan bezatildi. “Konstitutsiya ko‘chasi”ga kelgan yurtdoshlarimizda ushbu ko‘rgazma katta qiziqish uyg‘otdi.
Milliy markazning “Konstitutsiya burchagi” Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 17-oktyabrdagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi” doirasida tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.12.2024
- Ko'rishlar: 492
- Chop etish