“Konstitutsiya ko‘chasi”da o‘tkazilgan bayram dasturi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huquqiy viktorina tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan ushbu qiziqarli bahsda yurtdoshlarimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Ishtirokchilar 1-shartda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga oid nazariy savolga javob bergan bo‘lsa, 2-shartda Bosh qomusimiz moddalarini sharhladilar.
Viktorina g‘oliblari Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda nashr etilgan huquqiy adabiyotlar hamda “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnallari to‘plami, shuningdek, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 10.12.2024
- Ko'rishlar: 209
- Chop etish