Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga hamda inson huquqlari sohasidagi ta’lim va targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar, tashkilotlar vakillari hamda tashkilotlar «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishoni 2024-yil 13-dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Milliy markaz direktori Akmal Saidov tomonidan tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Jumladan:
I. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun:
● Mirbabayev Baxtiyar Shamsutdinovich – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining faxriysi;
● Sayidov Toshpo‘lat Davronovich – “SAYIDOV TOSHPO‘LAT DAVRONOVICH” advokatlik byurosi rahbari, advokat;
● Pulatov Abdukamal Kadirovich – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faxriysi;
II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlar faoliyati uchun:
● “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi;
● “Taraqqiyot strategiyasi” markazi;
● O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi;
III. Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun:
● Raximova Gulnora Xashimovna – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari;
● Xusanova Dilnoza Gafurovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma bosh mutaxassisi;
IV. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun:
● Matchanov Alimjan Atabayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti boshlig‘i;
● “YURIST VA KADR” nodavlat ta’lim muassasasi joriy yilda «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishonining sohiblariga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan ta’sis etilgan. Mukofot Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori tomonidan tantanali ravishda taqdim etiladi.
Tantanali tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining yangi ochilgan «Inson huquqlari uyi»da oflayn va onlayn tarzda o‘tkazildi. Taqdirlash jarayonini poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi axborot-resurs markazlarida kutubxona xodimlari hamda ko‘krak nishoni sovrindori bo‘lgan yurtdoshlarimizning yaqinlari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan bir qator davlat tashkilotlari, ilmiy-ma’rifiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari namoyandalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»
- Qo'shildi: 13.12.2024
- Ko'rishlar: 452
- Chop etish