Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston va Xitoyning inson huquqlari bo‘yicha tuzilmalari o‘rtasida Memorandum imzolandi

14-may kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi tasdiqlandi. Memorandumni ikkala tashkilot rahbarlari Akmal Saidov va Li Xunkuy imzoladilar.

Ushbu tadbir Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yil forumi doirasida tashkil etildi. Forum Xitoyning Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi (CFHRD) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan o‘tkazildi.

O‘zaro anglashuv memorandumi muqaddimasida Tomonlarning o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlari sohasida tajriba almashinuv va hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasida inson huquqlarini rivojlantirishga birgalikda ko‘maklashish istagi aks etgan.

Memorandumda qayd etilganidek, Tomonlar inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasida tenglik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillari asosida hamkorlikni amalga oshiradilar. Memorandum doirasida, jumladan:

  • inson huquqlari masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha bilimlarni targ‘ib qilish va o‘quv dasturlarini amalga oshirish;

  • inson huquqlari sohasida o‘zaro manfaatli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ilmiy seminarlarni birgalikda o‘tkazish;

  • har ikki davlatning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashish va inson huquqlari bo‘yicha global boshqaruvni takomillashtirishga ko‘mak berish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar.

Memorandumda bunday hamkorlikni amalga oshirish shakllari ham ko‘rsatilgan. Bu o‘rinda, xususan, inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasida o‘zaro axborot, qonunchilik hujjatlari, axboriy-tahliliy materiallar va adabiyotlar, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishga oid tajriba almashinuvi hamda inson huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashishga qaratilgan qo‘shma ilmiy dasturlar va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish haqida so‘z bormoqda.

Bundan tashqari, xodimlar uchun tashriflar va amaliyotlar tashkil etish, inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va o‘quv dasturlari o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma nashrlar tayyorlash va chop etish, inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.

 

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

“Dunyo” AA

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Nashr sanasi 14.05.2026 Ko'rishlar 1 401
Ulashish