Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ikki hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi!” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida ikki muhim hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jumladan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Qo‘mita raisi Qahramon Sariyev imzo chekdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi Qo‘mita raisi Qahramon Sariyev va Milliy markaz direktori Akmal Saidov tomonidan imzolandi.

Mazkur memorandumlar millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini o‘rganish va uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hujjatlarga muvofiq, tomonlar ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro va respublika miqyosida konferensiyalar, forumlar, ko‘rgazmalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda media loyihalarni tashkil etish, shuningdek, yosh avlodni bag‘rikenglik, fuqarolik birdamligi va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda amalga oshiradilar.

Imzolash marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qahramon Sariyev mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

- Bugun yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va hamjihatlik tasodifiy holat emas. Bu Prezidentimizrahbarligida amalga oshirilayotgan izchildavlat siyosatining amaliy natijasidir. 130 dan ortiq millat va elat vakillaribir oiladek ahil yashab, mamlakatimiztaraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Umummilliy birdamlik Yangi O‘zbekistontaraqqiyotining mustahkam poydevori»,— dedi Qahramon Sariyev.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ham hamkorlik memorandumlarining ahamiyatiga to‘xtalib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini dunyoda tengi yo‘q ma’naviy-ma’rifiy maskan sifatida e’tirof etdi.  

-Haqiqatdan ham, bugun milliy birdamlik O‘zbekistonning milliy g‘oyasiga aylandi. Keyingi yillarda mamlakatimizda tinchlik, millatlararototuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlashning mustahkam huquqiy vainstitutsional asoslari yaratildi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasimarkazi esa ushbu ezgu g‘oyalarning amaliyifodasi bo‘lib, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ma’rifat va muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, — deya ta’kidladi Akmal Saidov.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov mazkur memorandumlar mamlakatimizdama’naviy-ma’rifiy hamkorlikni yanadarivojlantirishga xizmat qilishini qaydetdi.

- Bugungi hamkorlik mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, boy sivilizatsion merosimizni jahon hamjamiyatiga keng tanitish yo‘lidagi muhim qadamdir. O‘zbekiston tarixi bizga buyuk haqiqatni anglatadi: sivilizatsiya va taraqqiyotning eng mustahkam asosi — tinchlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va ma’rifat. Ana shu qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning umumiy vazifamizdir, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

Memorandumlarning imzolanishi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining davlat tashkilotlari bilan strategik hamkorligini yanada mustahkamlab, millatlararo totuvlik, inson huquqlari va ma’rifat sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizning boy sivilizatsion merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi

Nashr sanasi 31.07.2026 Ko'rishlar 11
Ulashish