Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026-yil 14-avgust kuni “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Shu asosda mamlakatimiz sud tizimi isloh qilinadi.

Bundan maqsad – Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda sud protsessiga zamonaviy huquqiy mexanizm va institutlarni joriy qilish orqali xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan odil sudlovga oid strategik maqsadlarni izchil amalga oshirishdir.

 Farmon bilan “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-iyuldan umumyurisdiksiya va ma’muriy sud yo‘nalishlarida ishlarni qayta ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan, yurisdiksiya hududi bir nechta ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan hududlararo sudlar tashkil etiladi.

2027-yil 1-iyuldan tergov sudyasiga tegishli protsessual majburlov choralarini qo‘llash (sanksiya berish) to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda shaxsni ushlab turishning qonuniyligi va asosliligi, gumon qilish yoki ayblov e’lon qilish uchun asoslar yetarliligini, shubha tug‘ilgan taqdirda, tergov sirini ta’minlagan holda qo‘shimcha hujjatlar talab qilish yo‘li bilan tekshirish vakolatlari beriladi.

2027-yil 1-avgustdan yagona sud amaliyotini shakllantiruvchi Oliy sud Rayosati qarorlarini belgilangan tartibda ochiq e’lon qilish va yangilab borish amaliyoti (“Pretsedentlar” reyestri) joriy etiladi.

2027-yil yakuniga qadar Oliy sudning interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) ning yangilangan mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Portalda “Sudga murojaat namunalari” interaktiv xizmati takomillashtiriladi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

 matbuot xizmati

Nashr sanasi 17.08.2026 Ko'rishlar 155
Ulashish