Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

«Samarqand nigohi – 2040» BMT Bosh Assambleyasi hujjatlari qatorida

2026-yil-20-oktyabrda-Inson huquqlari bo‘yicha Beshinchi Samarqand forumining «Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi global hamkorlik» nomli Yakuniy hujjati BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida A/81/444 raqami bilan e’lon qilindi.

Forum-2026-yil-28–29-sentyabr-kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi, Yakuniy hujjat-esa-29-sentyabrda yakuniy yalpi majlisda qabul qilindi. Hujjat muqaddimasida uning ishtirokchilari sifatida davlat organlari, parlamentlar, sud organlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy muassasalar, BMT organlari va mexanizmlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, akademik doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari ko‘rsatilgan.

Bosh Assambleya hujjati maqomini olgach, Forum Yakuniy hujjati matni BMTning rasmiy hujjatlar tizimiga kiritildi va barcha a’zo davlatlar uchun ochiq bo‘ldi. Endi unga shartnoma organlari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro formatlardagi muloqotda rasmiy hujjat sifatida havola qilish mumkin.

 Shu bilan birga hujjatning 22-bandida u yangi xalqaro-huquqiy majburiyatlar yaratmasligi, 23-bandida esa mavjud universal va mintaqaviy mexanizmlarni o‘zgartirmasligi aniq yozib qo‘yilgan. Bu hujjatning tabiatini to‘g‘ri tushuntiradi: u Forum ishtirokchilarining kelishilgan siyosiy mo‘ljali va amaliy hamkorlik dasturidir.

Hujjat mazmuni

Yakuniy hujjat muqaddima, olti bo‘lim, 24 band va “Yo‘l xaritasi” ilovasidan iborat. Muqaddimada Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro-paktlarning-60-yilligi, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi-deklaratsiyaning-40-yilligi va Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi-konvensiyaning-20-yilligi qayd etilgan. Hujjat 1993 yilgi Vena deklaratsiyasi va Harakatlar-dasturi,-2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi va 2024 yilgi Kelajak uchun paktga tayanadi.

Ikkinchi bo‘limda oltita rahbariy tamoyil belgilangan: universallik va tenglik; hech kimni chetda qoldirmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish; inson huquqlari, demokratiya va rivojlanish; inson huquqlari va tinchlik; ko‘p tomonlamalik va birdamlik.

Uchinchi bo‘lim to‘qqizta ustuvor yo‘nalishni qamraydi. Ular inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni milliy darajada amalga oshirish, rivojlanish huquqi va ijtimoiy adolat, inklyuziv jamiyat, demografik o‘zgarishlar va avlodlar birdamligi, ayollar huquqlari va iqlim adolati, raqamli muhit va sun’iy intellekt, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi, fuqarolik mavjud emasligining oldini olish, tinchlik, xavfsizlik va xalqaro gumanitar huquq yo‘nalishlaridir.

Hujjatning aksar bandlari aniq choralarga qaratilgan. Xususan, 5-bandda Forum ishtirokchilari BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining Inson huquqlari bo‘yicha global alyans tuzish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Shu bandda shartnoma organlari va Universal davriy hisobot tavsiyalarini bajarishning milliy mexanizmlarini kuchaytirish, bu ishda parlamentlarning muntazam ko‘rib chiqishini rag‘batlantirish hamda shartnoma organlarining individual ishlar bo‘yicha qarashlarini bajarish tizimini takomillashtirish talabi bor.

9-bandda sun’iy intellektni inson qadr-qimmati va huquqlariga hurmat asosida rivojlantirish, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va algoritmik tizimlar keltirib chiqaradigan kamsitishning oldini olish nazarda tutilgan.

Ayrim bandlar bevosita Markaziy Osiyo mintaqasiga tegishli. Ya’ni:

10-bandda Orol dengizi inqirozining ekologik va ijtimoiy oqibatlariga alohida e’tibor qaratishga chaqirilgan.

11-bandda-2040-yilgacha-fuqarolik mavjud emasligini sezilarli qisqartirishga intilish vazifasi qo‘yilgan.

12-bandda Markaziy Osiyo uchun «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha birinchi Mintaqaviy harakatlar rejasi ishlab chiqilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan, O‘zbekistonning-2027–2029-yillarda-Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishi ham tilga olingan.

To‘rtinchi bo‘lim «Samarqand sherikligi» deb nomlangan. Unda Samarqand forumini xalqaro majburiyatlarni amalda bajarish bo‘yicha doimiy xalqaro muloqot maydoniga aylantirish taklifi (13-band) va Xalqaro paktlarni amalga oshirish bo‘yicha Samarqand raqamli hamkorlik platformasini yaratish tashabbusi (14-band) berilgan. 16-bandda-2031-yilda-O‘zbekistonda Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha BMTning o‘n oltinchi Kongressini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

«Yo‘l xaritasi» va Milliy markaz zimmasidagi vazifalar

 Hujjatda belgilangan vazifalar muddatlari bilan birga ko‘rsatilgan. 20-bandda quyidagicha indikativ yo‘l xaritasi berilgan:

  • 2026–2027-yillarda-raqamli-platforma-bo‘yicha maslahatlashuvlar;

  • 2027–2028-yillarda-ko‘rsatkichlar-tizimi-va ixtiyoriy axborot almashinuv metodologiyasini ishlab chiqish;

  • 2028–2030-yillarda-birinchi-ixtiyoriy-hisobot;

  • 2030–2035-yillarda-oraliq-hisobot;

  • 2035–2040-yillarda-yakuniy-ixtiyoriy-hisobot.

Ilovadagi yo‘l xaritasi 8 ta tadbirdan iborat bo‘lib, ularning beshtasi bo‘yicha ijrochi sifatida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ko‘rsatilgan. Muddatlar va ijrochilar indikativ xususiyatga ega va Forum sheriklari bilan kelishiladi.

«Yo‘l xaritasi»ning birinchi bandi hujjatni BMT, YEXHT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar organlari orasida tarqatishni nazarda tutadi va-unga-2026-yilning IV choragi muddat qilib belgilangan. A/81/444 hujjatining tarqatilishi bilan bu vazifaning BMTga tegishli qismi bajarildi. Hujjatni boshqa xalqaro tashkilotlarning rasmiy hujjati sifatida tarqatish bo‘yicha ish Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda davom ettirilmoqda.

2027-yilda-Milliy-markaz ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishi lozim. «Yo‘l xaritasi»ga ko‘ra, bu tizimda imkon qadar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi ko‘rsatkichlari va Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Shu yili forum sheriklariga Samarqand raqamli hamkorlik platformasi konsepsiyasi ham taqdim etilishi-kerak.-2028-yilda birinchi ixtiyoriy sharh natijalari navbatdagi Samarqand forumida ko‘rib-chiqiladi,-2030-yilda esa hujjat bilan Barqaror rivojlanish maqsadlari o‘rtasidagi bog‘liqlik akademik doiralar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Davlat organlari ham aniq vazifa olgan. 18-band va «Yo‘l xaritasi»ning 4-bandiga ko‘ra,-2027–2030-yillarda-hujjat qoidalari milliy strategiyalar, dasturiy hujjatlar va harakatlar rejalarida inobatga olinadi. Bu ish natijalari BMT shartnoma organlariga va Universal davriy hisobot doirasida taqdim etiladigan milliy ma’ruzalarda aks ettirilishi nazarda tutilgan.

Shu sababli hujjatning BMT rasmiy hujjati maqomini olishi milliy hisobotlarda unga havola qilishni ancha yengillashtiradi.

2036-yilda-Xalqaro-paktlarning-70-yilligi, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi-deklaratsiyaning-50-yilligi va Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi-konvensiyaning-30-yilligiga bag‘ishlangan yubiley-sharhi,-2040-yilda esa yakuniy ixtiyoriy sharh o‘tkaziladi. Shu tariqa Forum ishtirokchilari Samarqandda qabul qilingan vazifalar ijrosini keyingi o‘n to‘rt yil davomida muntazam ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

 

Milliy markazning Inson huquqlari

sohasida xalqaro hamkorlik bo‘limi

Nashr sanasi 30.10.2026 Ko'rishlar 43
Ulashish