2026-yilning 28-29-sentyabr kunlari mamlakatimizda Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumi ötkazildi. Forumning yakuniy hujjati BMT Boş Assambleyasi 81-sessiyasining rasmiy hujjati maqomini oldi va joriy yilning 20-oktyabr kuni arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus hamda ispan tillarida BMTning rasmiy veb-saytiga joylaştirildi (A/81/444 raqamli ayni hujjat matni bilan https://documents.un.org saytida tanişiş mumkin).
Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan asos solingan Inson huquqlari böyiça Samarqand forumlari 2018-yildan beri mamlakatimizda har ikki yilda an’anaviy tarzda ötkazib kelinmoqda. Uşbu nufuzli xalqaro forum 2018-yilda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70-yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik”, 2020-yilda “Yoşlar – 2020: global birdamlik, barqaror rivojlaniş va inson huquqlari”, 2022-yilda “Inson huquqlari sohasida ta’lim”, 2024-yilda “Ekologik tahdidlar: özgarayotgan dunyoda inson huquqlarining istiqboli va barqaror yeçimlarni izlaş” mavzusida taşkil etilgan.
2026-yilda bölib ötgan Inson huquqlari böyiça V Samarqand forumi “Inson huquqlari böyiça xalqaro paktlarning 60-yilligi va Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning 40-yilligi: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölida global şeriklik” mavzusiga bağişlandi.
Forumda 200 nafardan ortiq xalqaro, mintaqaviy, xorijiy va milliy taşkilotlar vakillari offlayn va onlayn formatda iştirok etdi. Anjumanning birinçi kuni Toşkent, ikkinçi kuni Samarqand şahrida taşkil etildi.
Forumning birinçi kunida 2 ta yalpi majlis va 7 ta parallel sessiya ötkazilib, iştirokçilarning 100 dan ortiq ma’ruzalari tinglandi va qizğin muhokamalar olib borildi.
Nufuzli anjumanning ikkinçi kunida Samarqand şahrida forumning yakuniy hujjati qabul qilindi. “Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölida global hamkorlik” deb nomlangan uşbu hujjat muqaddima va 6 bobdan iborat. Şuningdek, hujjatga uning ijrosini ta’minlaş böyiça “yöl xaritasi” ilova qilingan.
Forumning yakuniy hujjatida qayd etilişiça, inson huquqlari böyiça xalqaro tizim quyidagilar asosida mustahkamlanişi lozim:
-
universallik va tenglik;
-
xalqaro huquq va standartlarning milliy darajada amalga oşirilişi;
-
ijtimoiy adolatning ta’minlanişi hamda qaşşoqlik va tengsizlikning qisqartirilişi;
-
inklyuzivlik va teng imkoniyatlar;
-
raqamli va tabiiy muhitda inson huquqlarining himoya qilinişi;
-
mojaroli va inqirozli vaziyatlarda inson qadr-qimmatining himoya qilinişi;
-
xalqaro birdamlik va köp tomonlama hamkorlik.
Şuningdek, hujjatda inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalar va ularning milliy darajada samarali amalga oşirilişi, rivojlaniş huquqi, ijtimoiy adolat, inklyuziv jamiyat, demografik özgarişlar, inson kapitali, avlodlararo birdamlik, gender tenglik, raqamli muhit, sun’iy intellekt, atrof-muhit va iqlim özgarişi, fuqarolikka ega emaslikning oldini oliş va uni qisqartiriş, tinçlik, xavfsizlik va xalqaro gumanitar huquq kabi ustuvor yönalişlardagi dolzarb vazifalar belgilangan.
Uşbu hujjat inson qadr-qimmati va tenglikni ta’minlaş, inson huquqlarini himoya qilişning universal tizimini mustahkamlaş hamda barqaror taraqqiyotni rağbatlantiriş yölida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga hissa qöşadi.
Azizbek RAMAZONOV,
“Demokratlaştiriş va inson huquqlari” jurnali boş muharririning örinbosari
