Har yili 24-oktyabrda nişonlanadigan Butunjahon axborot rivojlanişi kuni axborotning jamiyat taraqqiyoti, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda inson farovonligini ta’minlaşdagi beqiyos ahamiyatini yana bir bor eslatib turuvçi muhim sana hisoblanadi. Uşbu kun rivojlaniş bilan boğliq muammolarni hal etişda iqtisodiy resurslar va siyosiy iroda bilan bir qatorda, aholining zarur axborotdan xabardorligi, zamonaviy bilim va könikmalarga egaligi, şuningdek, jamiyat hayotida faol qatnaşişi hal qiluvçi ahamiyat kasb etişini ta’kidlaydi.
BMT Boş Assambleyasining 1972-yil 19-dekabrdagi 3038 (XXVII)-son rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan mazkur kunning asosiy maqsadi jahon jamoatçiligi e’tiborini rivojlaniş muammolariga qaratiş, ularni hal etişda xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş va jamoatçilik fikrini safarbar qilişdan iborat. Mazkur taşabbusda axborotni keng tarqatiş, ayniqsa, yoşlarning rivojlaniş masalalariga oid xabardorligini oşiriş muhim vosita sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda mamlakatlar taraqqiyotini faqat iqtisodiy ösiş bilan baholab bölmaydi. Sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalaniş, munosib mehnat bilan band böliş, ijtimoiy himoya va davlat boşqaruvida iştirok etiş imkoniyatlari ham taraqqiyotning muhim mezonlaridir. Biroq mavjud imkoniyatlar haqida yetarli ma’lumotga ega bölmagan inson ulardan samarali foydalana olmasligi mumkin.
Masalan, ijtimoiy yordam, ta’lim dasturlari, soğliqni saqlaş xizmatlari yoki tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqidagi ma’lumotlar aholiga yetib bormasa, ulardan hamma birdek foydalana olmaydi. Şu bois axborotning mavjudligi bilan birga, uning öz vaqtida, işonçli va tuşunarli şaklda taqdim etilişi hamda turli ijtimoiy guruhlar uçun undan foydalaniş imkoniyati yaratilişi muhim. Demak, axborot inson salohiyatini röyobga çiqariş, ijtimoiy tengsizlikni kamaytiriş va davlat bilan jamiyat örtasidagi işonçni mustahkamlaş omilidir.
Butunjahon rivojlaniş axboroti kunining mazmunini faqat axborot oliş huquqi bilan çeklaş töğri emas. Uning asosiy vazifasi rivojlaniş muammolari haqida xabardorlikni oşiriş va ularni hal etişda xalqaro hamkorlikni rağbatlantirişdir. Axborot oliş huquqi esa aholining rivojlaniş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş va taraqqiyot natijalaridan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaşga xizmat qiladigan muhim huquqiy kafolatdir.
Rivojlaniş va axborotdan foydalaniş örtasidagi uzviy boğliqlik BMTning 2030-yilgaça bölgan davrda Barqaror rivojlaniş kun tartibida ham öz ifodasini topgan. Xususan, Barqaror rivojlaniş maqsadlarining 16.10-vazifasi milliy qonunçilik va xalqaro kelişuvlarga muvofiq jamoatçilikning axborotdan foydalanişini ta’minlaş hamda asosiy erkinliklarni himoya qilişni nazarda tutadi. Bu esa axborotdan foydalaniş imkoniyatini tinç, adolatli va samarali boşqaruvning muhim şartlaridan biri sifatida namoyon etadi.
Oçiq va işonçli ma’lumotlar fuqarolarga hayotiga taalluqli qarorlarni ongli ravişda qabul qiliş, davlat xizmatlaridan foydalaniş, jamoatçilik muhokamalarida qatnaşiş va davlat organlari faoliyati ustidan nazorat olib boriş imkonini beradi. Biroq buning uçun axborotni e’lon qilişning özi kifoya emas: uning hammabopligi, tuşunarliligi va undan teng foydalaniş imkoniyatlari ham ta’minlanişi zarur.
Zamonaviy axborot muhitida raqamli tafovut, internetdan foydalaniş imkoniyatlarining teng emasligi, axborot savodxonligining yetarli darajada şakllanmagani va yolğon ma’lumotlarning tarqalişi işonçli axborot olişga tösqinlik qilişi mumkin. Bu esa ayrim insonlarning mavjud imkoniyatlardan foydalanişini qiyinlaştiradi, notöğri xulosalar çiqarişiga yoki ijtimoiy jarayonlardan çetda qolişiga olib kelişi ehtimolini oşiradi.
Şu sababli samarali axborot siyosati ma’lumotlarni e’lon qiliş bilangina çeklanmasligi lozim. Yoşlar, keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va çekka hududlarda yaşovçilar uçun axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, axborot savodxonligini oşiriş, davlat ma’lumotlarini sodda va tuşunarli şaklda taqdim etiş hamda manbalar işonçliligini ta’minlaş zarur.
Mazkur vazifalar Özbekistonda ham axborot oliş va uni tarqatiş erkinligini ta’minlaş, davlat organlari faoliyati oçiqligini oşiriş va fuqarolarning axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bilan çambarças boğliq. Bu yönalişdagi konstitutsiyaviy kafolatlar huquqiy demokratik davlat va oçiq fuqarolik jamiyatini rivojlantirişning muhim asosidir.
Xususan, Konstitutsiyamizning 33-moddasida har kimning fikrlaş, söz va e’tiqod erkinligi kafolatlangan, şuningdek, axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqi belgilangan. Konstitutsiyaning 34-moddasiga köra, davlat organlari va taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda ularning mansabdor şaxslari har kimga huquq va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişiş imkoniyatini ta’minlaşi şart.
Uşbu normalar axborot oliş huquqining huquqiy asoslarini belgilaş bilan birga, davlat organlari faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, fuqarolarning davlat boşqaruvida iştirokini kengaytiriş uçun ham zamin yaratadi. Biroq huquqiy kafolatlarning samarasi qonunçilik talablarining amalda bajarilişi va fuqarolarning axborotdan foydalaniş imkoniyatlari qay darajada ta’minlanganiga boğliq.
Navrözbek ASLONOV,
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi mas’ul xodimi
"Iste’mol madaniyati" gazetasining 2026-yil 29-oktyabr kungi 20 (236)-soni
