Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

2022 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2022 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish tadbirlari boshlandi.

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomga asosan, fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlarni taqdim etishi mumkinligi belgilangan.

Shu munosabat bilan 2022 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlarning hujjatlarini (elektron va asl nusxada) 2022 yil 1 oktyabrga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etish mumkin.

 

Nashr sanasi 19.07.2022 Ko'rishlar 9 218
Ulashish