Buyuk ajdodlarimiz siymosi doimo qalbimizda

Toshkent davlat transport universitetida “Buyuk ajdodlarimiz siymosi doimo qalbimizda” nomli adabiy kecha oʻtkazildi

 

Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga balishlangan badiiy kechada talaba-yoshlarning bir-biridan goʻzal va qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash ma’naviy – ma’rifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori Baratov Dilshod Xamidullayevich ochib berdi. Kechaga tashrif buyurgan mehmonlardan Sharqshunoslik universiteti professori filologiya fanlari doktori Qosimjon Soliqov, “Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi” shoir Gʻulom Mirzo, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dono Boboxonovalar tashrif buyurdi.
Kecha koʻngilochar hamda maʼnaviy va maʼrifiy ozuqaga boy tarzda oʻtdi. talabalarga bir olam maʼlumotlar yetkazildi.
Toshkent davlat transport universiteti.
Powered by GSpeech