Maxsus o'quv modulining navbatdagi tinglovchilari - Prokuratura tizimi rahbar xodimlari

25 noyabr kuni “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv modulining navbatdagi o'quv mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo'lim va bo'linmalari, hududiy boshqarmalari hamda Bosh prokuratura Akademiyasi rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Vebinar shaklidagi mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.

Maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, migrantlar, odam savdosi va majburiy mehnat jabrdiydalarining huquqlarini himoya qilish qonunchiligii bilan bu boradagi inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning o'zaro uyg'unligi qiyosiy tahlil  qilindi.

Ma'lumki, "fuqarosizlik" muammosi keyingi o'n yilliklar davomida xalqaro hamjamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo'lib kelmoqda. Shu ma'noda, Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyadagi nutqida qayd etilganidek, joriy yilning o'zida 50 ming yurtdoshimizga O'zbekiston fuqaroligi berilgani alohida e'tiborni tortadi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech