«Pravda Vostoka» gazetasining 2020 yil 9 aprel kungi sonida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidovning "Inson huquqlari himoyasida. Yangi O'zbekiston hayotining tamoyillariga amal qilib" ("Na straje prav cheloveka. Sleduya printsipam novogo Uzbekistana") sarlavhali maqolasi e'lon qilindi.
Maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan juda qisqa fursatda ishlab chiqilgan va o'z vaqtida qabul qilingan koronavirus pandemiyasi oldini olish va unga qarshi kurash bo'yicha milliy strategik rejaning mazmun-mohiyati va ahamiyati atroflicha talqin etilgan.
Yangi O'zbekiston hayotining bosh tamoyilini hech qachon unutmaymiz: "O'zbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimiz e'tibori va g'amxo'rligidan chetda qolmaydi", deb qayd etadi akademik A.Saidov o'z maqolasida. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonatli bo'lsak, shifokorlar tavsiyalariga to'liq amal qilsak, albatta, ushbu kasallikni tezroq yengib o'tamiz. Bu kurashda tibbiy choralar bilan birga yuksak tafakkur, qat'iy intizom, sabr-toqat va ulkan mas'uliyat ko'rsatishimiz lozim.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.04.2020
- Ko'rishlar: 4632
- Chop etish