14 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida siyosiy-huquqiy ta'lim kafedrasi va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milly markazi tomonidan mazkur Akademiya kunduzgi ta'lim bo'limining 213-219-o'quv guruhlari uchun «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish» mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mashg'ulotni Milliy markaz bosh mutaxassisi, yuridik fanlar nomzodi L.Is'haqova o'tkazdi.
Tadbirda Akademiyaning 180 nafar kursanti, professor-o'qituvchilari va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ishtirok etdi.
Dars jarayonida 2020 yilda iyun` oyida davlat rahbari Farmoni bilan tasdiklangan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati muhokama qilindi. Milliy strategiyada, jumladan, ichki ishlar organlariga yuklatilgan vazifalar ko'rib chiqildi.
Interfaol shaklda bo'lib o'tgan mashg'ulot davomida kursantlar inson huquqlariga oid dolzarb savollarga javoblar topishdi.
Tadbir doirasida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining asosiy yo'nalishlariga bag'ishlangan mul`timedia taqdimoti ham bo'lib o'tdi.
Mashg'ulot yakunida ishtirokchilar bu kabi ma'rifiy-huquqiy tadbirlar O'zbekistonda olib borilayotgan inson huquqlariga oid davlat siyosatining mohiyati va ahamiyatini Akademiya kursantlari chuqur tushunib olishlari uchun yaqindan xizmat qilishini qayd etdilar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 16.11.2020
- Ko'rishlar: 5959
- Chop etish