Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazidan yoshlarga e'tibor

23-aprel kuni Qoraqalpog'iston tibbiyot institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 -yil, 22-iyundagi «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-6012-sonli Farmonida belgilangan hamda farmonga qo'shimcha ishlab chiqilgan «Yo'l xaritasi»da yoritilgan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida Markaz vakillari institut hayoti, institutta yaratilgan shart-shariotlar bilan tonishdi. Axborot -resurs markazidigi adabiyotlar bazasini ko'zdan o'tkazdi va uchrashuv yakunida Qoraqalpog'iston tibbiyot institutning Axborot-resurs markaziga Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash yo'nalishida bosib chiqarilgan adabiyotlar beg'araz sovg'a sifatida in'om etildi.

Qoraqalpog'iston tibbiyot institutning professor o'qituvchilari bilan talaba yoshlari o'zlarining huquqiy bilimlarini oshirishda ushbu kitoblarning ahamiyati ulug' ekanligin aytib, xayrli ishlarni amalga oshirayotgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markaziga cheksiz minnatdorchilik bildirdi.

Manba: QMI matbuot xizmati

Powered by GSpeech