O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha milliy strategiyaga muvofiq, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida 12.0013 – “Inson huquqlari (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari)” ixtisoslik shifri bo'yicha Ilmiy kengash tuzilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining karori bilan mazkur ixtisoslik bo'yicha malakaviy imtihon dasturi hamda imtihon komissiyasi tarkibi ham tasdiqlandi.
Shunday qilib, inson huquqlari sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ixtisoslashi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 16.02.2021
- Ko'rishlar: 3477
- Chop etish