Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston – Ozarbayjon sammiti yakunlandi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ozarbayjonlik hamkasbi bilan tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma va salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi, qator qo‘shma loyihalarga start berildi. Yetakchilar ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

image

Tashrif doirasida Ozarbayjon Prezidenti Yangi Toshkent loyihasi bilan tanishdi. Davlat rahbarlari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish va Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘ini barpo etish ishlarini boshlash marosimlarida ishtirok etdilar.

Bugun sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari rafiqalari bilan qadimiy shaharning tarixiy obidalarini tomosha qildilar.

image

Oliy martabali mehmonlarga Buxoro viloyatining raqamlashtirish, yengil va elektrotexnika sanoati kabi sohalardagi salohiyati haqida ma’lumot berildi.

Tadbirlar tugagach, Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

O'zA

Nashr sanasi 25.08.2026 Ko'rishlar 275
Ulashish